So’nggi yangiliklar

23:50Клублар ўртасидаги ЖЧ финали. "Челси" — ПСЖ 0:0 (матнли трансляция)  13 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  122 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1

Superliga. "Navbahor" so'nggi o'rindagi "Metallurg" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" so'nggi o'rindagi "Metallurg" bilan durang o'ynadi

Teglar :  MetallurgNavbahor
Superliga 9-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 9-tur
"Metallurg" – "Navbahor" 1:1
24 may. Olmaliq, OKMK sport majmuasi. 19:00
Bosh hakam:
Akobirxo'ja SHukurullaev
Qanot hakamlari: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: Sardor Ismatullaev
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Davron Akmalov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Davron Ibrohimov

Gollar: Toma Tabatadze 15, - 0:1 (Abror Ismoilov). Iskandar SHaykulov 77, - 1:1.

"Metallurg": 35.Rahim Davronov, 5.Rizo Yazdando'st, 6.Xudoyshukur Sattorov, 7.Sardor Abduraimov (4.Kerim Palich, 75), 8.Iskandar SHaykulov, 10.SHahzod Ubaydullaev (97.Boban Jorjevich, 75), 11.Daler SHaripov, 14.Abror Toshqo'ziev, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 31.Marko Milichkovich (88.Sirojiddin Qo'ziev, 90+4), 33.Ivan Yosovich.
Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 15.Abbos Otaxonov, 19.Ergash Ismoilov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 21.Hazrat Tursunqulov, 24.Davron Ergashev, .

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 7.Azim Ahmedov, 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov (8.Siyavash Haqnazari, 82), 11.Asadbek Sobirjonov (17.Ruslanbek Jiyanov, 54), 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 22.Toma Tabatadze (33.SHodiyor SHodiboev, 82), 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiev, 77.Abror Ismoilov (71.Navro'zbek Iminjonov, 86).
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 21.Giorgi Nikabadze, 24.Dostonbek Abdulhaev, 27.Ozodbek O'ktamov, .

Ogohlantirishlar: Abror Toshqo'ziev 35, Jamshid Boltaboev 64, Daler SHaripov 69.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+10. O'YIN TUGADI. "Metallurg" - "Navbahor" 1:1

90+8. "Metallurg" bosh murabbiyi Vesko Steshevichning yordamchisi Nenad Vukchevich ogohlantirildi.

90+7. UXXX! Mezbonlar o'z jarima maydonchasi chizig'ida Ruslanbek Jiyanovga nisbatan qo'pollik ishlatishdi. Filip Ivanovichning jarima zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

90+4. O'zgarish. "Metallurg". Milichkovich o'rniga Qo'ziev tushdi

90+1. ZARBA! Navro'zbek Iminjonovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 10 daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBA! Burchak zarbasidan so'ng, Azimjon Ahmedov to'pni darvozaga yo'llashga intildi. Lekin uning zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

86. O'zgarish. "Navbahor". Ismoilov o'rniga Iminjonov tushdi

84. Zarba! Daler SHaripovdan zarba, yana Yusupovdan seyv!

82. O'zgarishlar. "Navbahor". Iskanderov va Tabatadze o'rniga Haqnazari hamda SHodiboev maydonga tushishdi.

78. Gol inobatga olindi. Ofsaydda yo'q ekan - 1:1.

78. Bosh hakam golni hisoblash uchun VARni tinglamoqda

77. GOL! Iskandar SHaykulov! Burchakdan to'p o'yinga kiritilganda Xudoyshukur Sattorov zarba berdi, keyin Boban Jorjevichning zabrasini darvozabon to'sdi. To'p SHaykulovga kelib tushdi. Uning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'ridan o'rin egalladi - 1:1. 

75. O'zgarishlar. "Metallurg". Abduraimov va Ubaydullaev o'rniga Palich va Jorjevich tushdi

74. ZARBA! Marko Milichkovichning 20 metrlar chamasi uzoqlikdan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

70. "Metallurg" jarima to'pidan unumli foydalana olmadi.

69. Ogohlantirish. "Metallurg". Daler SHaripov

65. Zarba! Yosovichdan zarba, Yusupov to'pni qaytardi

64. Ogohlantirish. "Navbahor". Jamshid Boltaboev 

61. Milichkovich qulay vaziyatdan zarba berishga kechikdi.

54. Zarba! Jokichdan zarba, juda noaniq

54. O'zgarish. "Navbahor". Sobirjonov o'rniga Jiyanov tushdi

52. "Metallurg"da jarima zarbasi, Yazdando'stning zarbasini himoyachi to'sdi. Yosovich esa zarba berolmadi.

49. Xavfli vaziyat! SHahzod Ubaydullaev darvozabonni ham aldab o'tib, zarba berishga ulgurmadi, o'tkir burchakka chiqib qoldi.

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:1

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. ZARBA! Ivan Yosovichning zarbasidan so'ng, O'tikr Yusupov mushti bilan qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

37. Sardor Abduraimovga nisbatan o'yin qoidasi buzilgandi. Hakam o'yinni davom ettirishga ko'rsatma berdi. To'p bekobodliklarda qolgandi. Hujum esa samarasiz yakunlandi.

35. Ogohlantirish. "Metallurg". Abror Toshqo'ziev

32. ZARBA! Ivan Yosovichning boshi bilan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'pni Yusupov ushlab oldi.

31. ZARBA! Marko Milichkovichning 25 metrlardan chamasi uzoqlikdan amalga oshirgan jarima zarbasidan so'ng, to'pni O'tkir Yusupov qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

29. Daler SHaripovning reydi va zarbasi...Zarba kuchli chiqmadi va Yusupov to'pni egallab oldi.

18. SHahzodbek Ubaydullaevning zarbasi yana noaniq chiqdi.

15. GOL! Toma Tabatadze! Marko Milichkovichdan to'pni Abror Ismoilov olib qo'ydi va Toma Tobatadzega uzatdi, gruziyalik to'purar qiyinchiliksiz o'tkir burchakdan gol urdi - 0:1. 

9. Daler SHaripov yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi. Himoyachi chaqqonlik qildi.

7. Zarba! Abror Toshqo'zievning zarbasini himoyachi to'sdi.

6. ZARBA! Ivan Yosovichning uzoq masofadan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'pni O'tkir Yusupov ushlab oldi.

4. ZARBA! SHahzodbek Ubaydullaevning 20 metrlar chamasi uzoqlikdan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика