So’nggi yangiliklar

08:05Асрор Алиқулов: "Бизга бу ўйинда иккинчи куч етишмади"  0 07:35Суперлига. Бугун Қаршида турнинг марказий ўйини бор  4 07:15Баҳодир Жалолов, Абдумалик Халоков, Акбар Жўраев ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида қатнашадиган спортчиларимиз рўйхати  4 00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  5 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисминиголга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  3 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  5 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  26 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  3 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  3 21:35Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:1  8 21:17Суперлига. "Олимпик" ҳамон "тирик" экан, ёш футболчилар "Локомотив" билан дуранг ўйнашди  6 21:10Ольмо "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши маълум бўлди  6 20:45"Челси" тез орада 60 млн евролик трансферни амалга оширади  5 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  1

"Metallurg" mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada ham olib boradi Yangiliklar

"Metallurg" mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada ham olib boradi

“Metallurg” bu yilgi mavsumni bir tekis o'yin ko'rsata olmadi. SHu boisdan bekobodliklar 9-o'rinni qo'lga kiritdi.
Etiborli tomoni shundaki, “Metallurg” yakunlangan mavsumda asosan yoshlar bilan to'p surdi. Qolaversa, klubdan bir nechta futbolchilar terma jamoalarga jalb qilina boshlandi. Aynan shu jihat oxirgi mavsumlarda klubga to'siq bo'lib kelayotgandi. Xo'sh, mavsumni bir tekis o'tkaza olmagan “Metallurg” yangi mavsumga qachondan tayyorgarlikni boshlaydi? SHuningdek, o'z oldiga qanday vazifalarni qo'yadi? SHularni bilish istagida klub xo'jayini SHavkat Saidov bilan bog'landik va o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

  - Yangi mavsumga tayyorgarlikni oliy liganing boshqa ishtirokchilari singari 15 dekabrdan boshlashni rejalashtirmoqdamiz, - deb gap boshladi Saidov. Aynan shu kundan boshlab CHirchiqda to'planib, yangi yil arafasiga qadar tayyorgarlikni olib boramiz. Keyin yanvarni dastlabki kunlaridan boshlab mashg'ulotlarimiz davom etadi. Bosqichma-bosqich tayyorgarlik jarayoni bo'lib o'tadi.

  - Oxirgi yillarda “Metallurg” mavsumga tayyorgarlik jarayonini xorijda ham davom ettirmoqda. Kelgusi yilda ham chetga chiqish maqsadi bormi?
  - Ha, bor. Menimcha, fevral oyida Turkiyaga borgan holda tayyorgarlik ko'ramiz. U erda ikki haftaga yaqin o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etamiz. Bilasiz, mazkur mamlakatni tanlayotganimiz sababi shuki, Turkiyada fevral oylarida juda ko'plab jamoalar yig'in tashkil qilayotgan bo'ladi. Ular bilan nazorat uchrashuvlarini tashkil qilishda qiyinchilik bo'lmaydi. Asosiysi, ikki haftalik yig'indan unumli foydalanib, mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rish hisoblanadi.

  - SHavkat aka, “Metallurg”ni tarkibida deyarli katta o'zgarishlar bo'lmaydi. Asosan bitta tarkibni uzoq muddat saqlab qolish ananasiga sodiq qolgan. Kelgusi mavsum oldidan ham jamoada katta o'zgarishlar bo'lmaydimi?
  - Hozirdan bir nima deya olmayman. Lekin tarkibimizda bir nechta yangi futbolchilarni kelib qo'shilishi mumkin. Barchasi yanvar oyida hal qilinadi. Yangi yil arafasida klubimizning mavsum yakunlariga bag'ishlangan tadbiri bo'lib o'tadi. Aynan shundan so'ng barcha masalalar ko'rib chiqiladi. Futbolchilar bilan to'liq hisob-kitob ishlari o'tkaziladi. Keyin tarkibdan kimlar ketadi yoki kimlar kelishi rahbariyat va bosh murabbiy o'rtasida hal qilinadi. Ana shundan so'ng yangi o'yinchilarni kimlar bo'lishi aniq bo'ladi. Ungacha kutishga majburmiz.

  - Keyingi mavsumda ham jamoa fahriy o'yinchilarga ishonishda davom etadimi?
  - Bilasizmi, bu yil jamoamiz o'rtacha yosh hisoblandi. Bu borada biz yuqorida turmadik. Klubimiz bosh murabbiyi Rustam aka Mirsodiqov chempionat davomida yoshlarga katta ishonch bildirdi. Tarkibimizda Hikmat Hoshimov, SHuhrat Yo'ldoshev, Mamur Ikromovlarni inobatga olmaganda, qolgan barchasi yoshlar hisoblanadi. 1989 yilda tug'ilganlarda to 1994 yilgacha futbolchilar himoya qilishdi. Ular bizda yomon taassurot qoldirishmadi. Umuman olganda, yuqoridagi uch nafar tajribali futbolchilarimiz yoshlarga har tomonlama o'rnak bo'la olishganini takidlab o'tgan bo'lardim.

  - “Metallurg” uchun mavsum qay tariqa tugadi? 9-o'rindan ko'ngillaring to'lmagandir?
  - O'tgan yilgi natijalarimizga solishtirganda, egallagan o'rnimizdan qoniqish hosil qilmadik. SHunga qaramay, mavsumni yaxshi tugatishga urindik. Lekin bu yil asosan yoshlar bilan to'p surganimiz sababli, barqarorlikni ushlab qolishda qiynaldik. Hamma klublarda kutilmagan holatlar bo'lib turadi. Bir mavsum yaxshi o'yin ko'rsatsangiz, keyingisida natijalar o'xshamay qoladi. 

  - “Metallurg” keyingi yilda o'z oldiga qanday vazifalarni qo'yadi? Jamoani qachon yuqori maqsadlarni ko'zlayotganiga guvoh bo'lamiz?
  - Jamoamiz bekobodlik muxlislarni quvontirish uchun chiroyli futbol ko'rsatishga urinadi. Bizda millionlar o'yinini yaxshi ko'radigan insonlar ko'p. Ular har bir o'yinda jamoamizni qo'llab-quvvatlash istagida, stadionga tashrif buyurishadi. SHunday paytlarda futbolchilar ularni xurmati uchun ham mazmunli o'yinlar namoyish etib, g'alabalarni tuhfa qilishga urinadi. Aynan shu maqsadimizni amalga oshirish uchun harakat qilamiz. Keyingi mavsumda ham kuchli o'ntalikdan pastga tushib ketmaslik harakatida bo'lamiz. Hozir aynan shu maqsad uchun to'p suramiz deb aytsam, uni qo'lga kiritishni uddasidan chiqa olmasak, muxlislarimiz oldida xijolat tortib qolamiz. Aynan shuni inobatga olib, kuchli o'ntalikdan pastga tushib ketmaslikka va undanda yuqori o'rinlarning birini zabt etish uchun bor kuchimizni sarflab o'ynaymiz.

  - Jamoani tobora yoshartirish qachon o'z samarasini beradi?
  - Etibor berib qarasangiz, “Paxtakor” klubi asosan o'z akademiyasida tahsil olgan futbolchilarni tarkibga jalb qilib, o'ynatib kelmoqda. Avvalgi mavsumlarda klubning natijalarida pasayish bo'lib keldi. SHunga qaramay, rahbariyat boshlab qo'ygan ishini davom ettirdi. Ko'rib turibsizki, bu yil natijalar yuksak bo'ldi. Yoshlar bilan klub mamlakat chempionlikini qo'lga kirita oldi. “Paxtakor”da bir nechta yoshi kattaroq futbolchilarni inobatga olmaganda, qolgan barchasi yoshlar hisoblanadi. SHunga qaramay, ular chempionatni mag'lubiyatsiz tugata olishdi. Bu ham katta natija hisoblanadi. “Metallurg” ham tobora tarkibni yoshartirib, barqaror jamoa tuzish istagi bor. Bu ishni bir yoki ikki mavsumda amalga oshirish juda mushkul vazifa hisoblanadi. Futbolchilar bir-birlarini tushunib borishlari uchun bir mavsum kamlik qiladi. Buni futbol ichida mehnat qilib borayotgan insonlar juda yaxshi bilishadi. Asosiysi, boshlangan ishni oxirigacha davom ettirishga harakat qilishimiz lozim. SHunda qilayotgan mehnatlarimiz samarasi bo'y ko'rsatadi.

  - So'nggi yillarda “Metallurg”da birorta futbolchi terma jamoalarga taklif olmasdi. Bu yil bir nechta futbolchilar yig'inlarga jalb qilindi.
  - Mana ko'rib turibsizki, jamoamizda o'sish bo'lyapti. SHahzodbek Nurmatov va SHohnazar Norbekovlar yil mobaynida terma jamoa yig'inlarida ishtirok etib kelishdi. Qolaversa, yana bir qator futbolchilarimizni kuzatishmoqda. Keyingi yilda bu yigitlarimiz safi yanada kengayadi. Terma jamoalarga taklif olayotgan yigitlarimizdan juda xursandmiz. Ularni yanada yaxshilab tarbiyalab borsak, o'sish bo'laveradi. Faqat, to'g'ri ishlashdan charchab qolinmaslik kerak.

  - Keyingi mavsumda ham o'rinbosarlarga futbolchilarni tanlashda mahalliy bekobodlik futbolchilarga etibor qaratsizlarmi?
  - Albatta, shunday qilamiz. CHunki Bekobodda iqtidorli futbolchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Ularni klubga jalb qilgan holda yanada rivojlanishi uchun imkoniyat berishimiz lozim. Keyingi yilda ham o'rinbosarlarga mahalliy bekobodlik futbolchilar jalb qilinadi. CHetdan kelganlarga ahamiyat bermaymiz. Agar u ham bekobod futboli tarbiyalanuvchisi bo'lsa, marhamat yig'inlarda ishtirok etishi va jamoaga munosib ekanligini ko'rsatib qo'yishi kerak. SHunda barchasi ijobiy hal qilinadi.

  - Umuman olganda, yoshlar ligasida ish yuritayotgan murabbiylarni faoliyatiga qanday baho bergan bo'lardingiz?
  - Yomon ishlayotganlari yo'q. Odil Isaboev, Fevzi Davletovlar o'z vaqtida tajribali futbolchilar bo'lishgan. Murabbiylikda ham hamjihatlik bilan faoliyat ko'rsatishmoqda. Yoshlarni to'g'ri tarbiyalab, kerakli bilimlarini berib bormoqda. Bilasiz, asosiy tarkibdagi kabi o'rinbosarlarimizga ham aniq vazifa berilmaydi. Yani, chempionatda birorta o'rinni olasan deyilmaydi. Birinchi galdagi vazifa, yoshlar safidan asosiy tarkibga munosib kadrlarni etkazib berish kerak xolos. SHu “Metallurg” klubining asosiy vazifasi hisoblanadi.
 
Izzat Abduvahobov.
Futbol-ekspress gazetasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика