So’nggi yangiliklar

11:35Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК Чақирув Лигаси ўйинларида!  0 11:24Ўзбекистон U-18 термаси Озарбайжон билан муроса кўчасини танлади  1 11:10Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар Осиё чемпионати саралаш босқичида ишлайди  0 10:46"Арсенал" туркиялик футболчи учун катта суммадан воз кечишга тайёр  0 10:18"Реал" ҳужумчиси январда АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:50А Сериянинг энг кўп маош олувчи футболчилар рейтинги эълон қилинди  0 09:23Мбаппе Ямалнинг шахсий ҳаётига аралашётганларга мурожаат қилди  6 08:55Футзал. 3-турнинг марказий учрашувида йирик ҳисоб қайд этилди  0 08:27Элдор Шомуродов:"Ҳамма ҳам хато қилади"  11 07:59Каннаваро дебюти омадли чиққан Ўзбекистон - Кувайт учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:31U-20 ЖЧ. Чорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  2 01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  11 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  1

"Metallurg" klubi xodimi Bekobodda cho'kayotgan bolani qutqarib qoldi Yangiliklar

"Metallurg" klubi xodimi Bekobodda cho'kayotgan bolani qutqarib qoldi

Qahramonlikning katta kichigi bo'lmaydi.

Har kuni atrofimiz o'nlab, yuzlab savobli ishlar yuz beradi, ularni ko'ramiz, kuzatamiz, eshitamiz. Kimningdir og'irini engil, mushkulini oson qilgan, hojatini chiqargan insonlarni olqishlaymiz, ularga tahsin aytamiz...

“Metallurg” FK xodimi Daniel Korshunov har kuni ertalab va kechqurun klub qarorgohi yonidan o'tuvchi kanal bo'ylab sayr qilishga odatlangan. Uni yaqin atrofda yashaydiganlarning barchasi yaxshi tanib qolishgan. Kecha ham odatga ko'ra sayrga otlandi. Bu gal “progulka”ga hamkasbini ham chorladi. Suv yoqalab ketishayotganida birdan kimningdir kanalda bir ko'rinib, bir ko'rinmay cho'kayotganligiga ko'zlari tushishdi. Daniel o'ylab o'tirmasdan o'zini kanalga otdi. Suv o'zani taqsimlanadigan hududmasmi, shitobi tez, o'pqon kishini domiga tortadi. Daniel cho'kayotgan bolaga bir zumda etib bordi va uni qirg'oq tomon sudradi. Kanal cheti suv qoldiqlari bois sirpanchiq holatga kelib qolgan. Qo'rquvga botgan bolakay esa yanada og'irlashib ketgan. Uni amallab qirg'oqqa uzatdi. Ammo o'zi holdan toydi. SHunda yordamga etib kelganlar Danielga qo'l uzatishdi. Qutqarish “operaciyasi” muvaffaqiyatli yakunlandi...

Bekobodga ish yuzasidan Zafar shahridan kelgan otaxon farzandini qutqargan yigitlarga minnatdorchilik uchun so'z topa olmay, ko'zlarida yosh halqalanadi. Danielni tinimsiz duo qiladi...

O'z navbatida bir inson umrini saqlab qolgan jamoamiz yigitlariga biz ham tashakkur aytamiz. Alloh Sizdan rozi bo'lsin, yigitlar!", - deb yozadi "Metallurg" klubi matbuot xizmati.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика