"Metallurg" ham bugundan boshladi tarkibda o'zgarishlar bor
04 jan 2014 19:29
Yangiliklar

"Metallurg" ham bugundan boshladi tarkibda o'zgarishlar bor
Avval xabar berganimizdek, "Metallurg" bugundan ikkinchi yig'inni boshladi.
Jamoa azolari bugun CHirchiqda to'planib mashg'ulotlarga kirishildi. Yordamchi murabbiy Abduqahhor Marufalievning "SA"ga xabar berishicha mashg'ulotlar ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Rejaga ko'ra jamoa yanvar oyida CHirchiqda bo'ladi. Bu yig'in davomida 2-3 ta sinov-nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi ham ko'zda tutilgan. Raqib jamoalarning nomlari hozircha aniq emas.
Tarkibga ikki nafar yangi futbolchi kelib qo'shilgan. Bular "So'g'diyona"dan Murod Toshmatov va "SHo'rtan"dan Yusuf Bo'rievdir. Hozircha ular sinovdan o'tkazilmoqda.
Jamoani Umid Tojimov bilan Jasur Boboev (fotoda) tark etgan.

Fikrlar