So’nggi yangiliklar

19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  29 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  3 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  13

"Metallurg" - "Buxoro" o'yinidan keyingi murabbiylar fikrlari Yangiliklar

"Metallurg" - "Buxoro" o'yinidan keyingi murabbiylar fikrlari

"Metallurg" - "Buxoro" o'yinidan so'ng ikkala jamoa ustozlari o'z fikrlarini bildirishdi.

 Jamshid Saidov, “Buxoro” FK bosh murabbiyi: - “Buxoro” uchun ortga chekinishga yo'l yo'q. Biz har bitta o'yinimizga oxirgi uchrashuvimiz singari maydonga tushayapmiz va maydonning har bir qarichi uchun kurashayapmiz. Oldingi turda “Navbahor”ga qarshi uchrashuvda shogirdlarim 7-8 ta yuz foizlik gollik imkoniyatlarni ko'kka sovurishgandi. Bekobodda ham o'yin qiyin bo'lishini bilib kelgandik. Ammo bu erda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanganligimiz uchun Yaratganga shukur qilaman. Oliy ligada jon saqlab qolish umidi yana oshdi. To'g'ri, barcha masala Jizzaxda “So'g'diyona”ga qarshi o'zaro o'yinda hal bo'lishi kutilmoqda. Lekin bu futbol. Oldinda ikkita o'yin turibdi. Ehtimol hammasi bizning foydamizga o'zgarib ketar. Buni judayam hohlagan bo'lardik.
 
SHavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: Jamoamiz omadsizlik girdobidan chiqib ketolmayapti. O'tgan turdagi alamli mag'lubiyatdan keyin bugun o'yinchilarning oyog'iga og'ir tosh bog'lab qo'yilgandek harakat qilishdi. Uchrashuv boshidayoq gol o'tkazib yuborganligimiz esa ishimizni yanada og'irlashtirdi. Katta kuch sarflab, ustunlikni o'z tomonimizga og'dirib olgandik. Hisobni tenglashtirdik ham. Lekin ikkinchi taymda yana bir qator yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Oqibatda sen gol urmasang, senga urishadi degan ibora yana o'z isbotini topdi. Hali yana ikkita tur bor. Hech bo'lmasa hozirgi mavqeimizni saqlab qolish uchun kurashishimiz lozim.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика