So’nggi yangiliklar

01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  0 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  1 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  5 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  4 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  12 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  26 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7

"Metallurg" Birinchi ligada ham yo'q! Yangi mavsumda Birinchi ligada 30 ta jamoa ishtirok etadi Yangiliklar

"Metallurg" Birinchi ligada ham yo'q! Yangi mavsumda Birinchi ligada 30 ta jamoa ishtirok etadi

Teglar :  Birinchi liga
O'zPFL matbuot xizmati joriy mavsum Birinchi ligada o'ynaydigan jamoalarni elon qildi.

Jami 30 ta jamoa musobaqada ishtirok etadi. Achinarlisi, uzoq yillar davomida Superligada harakat qilib kelgan "Metallurg" Birinchi liga musobaqasida ham ishtirok etmaydigan bo'ldi.

Birinchi liga yosh iqtidorlar uchun katta futboldagi dastlabki qadamlari oldidan maydon vazifasini o'tab beradi. Liga o'z yo'nalishi asosida futbol akademiyalari va universitetlar qoshida tashkil etilgan sport klublarini qo'llab-quvvatlashda davom etadi. Musobaqada bemaqsad ishtirok etayotgan, shubhali o'yinlarga aloqasi mavjud bo'lgan yoki Liga hamda ishchi-xodimlar bilan shartnomalar shartlariga rioya qilmaydigan klublar esa Liga qatnashchilari safidan chiqariladi.

30 ta jamoa qanday saralab olindi?

Jamoalarning uchdan bir qismi O'FA qoshidagi hududiy akademiyalar bo'lib, ular o'z tarbiyalanuvchilarini Birinchi liga orqali katta futbolga tayyorlaydi. Mazkur akademiyalar qoshida sport klubi tashkil etilgan bo'lib, aynan shu klublar Liga azosi hisoblanadi.

Shuningdek, "Nasaf", "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", OKMK, Navbahor kabi klublar o'z farm jamoasini tashkil etgan. Ular Birinchi ligada qatnashish orqali, o'z zaxirasini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Birinchi ligada universitet jamoalari joriy mavsumda ham 2 tani tashkil qiladi: Buxoro davlat universiteti hamda Qarshi davlat universiteti. QarDU jamoasi Birinchi ligada "Lochin" nomi bilan to'p tepadi.

Qolgan 12 ta jamoadan 3 tasi O'FA tashkil etgan o'tish o'yinlari orqali Birinchi liga ishtirokchisiga aylandi: "Bog'dod", "Ishtixon", "Kattaqo'rg'on". "Zamin", "Qiziriq", "Qumqo'rg'on", "Lokomotiv BFK", "Chig'atoy", "Cementchi", "Do'stlik" kabi jamoalar o'tgan mavsumda ham Liga azolari hisoblangan.

"Ahmedov FK" ikki mavsum avval Birinchi ligada Olimpiya nomi bilan ishtirok etgan bo'lib, 2024 yilda Parij Olimpiadasi uchun tayyorgarlik ko'rayotgan "Olimpik" klubiga ko'maklashdi va uning U21 jamoasi sifatida Liga musobaqalarida o'ynadi. "Oqtepa" esa Toshkent shahar kubogida zafar quchib, Liga Ustavi asosida kirish badalini to'lash sharti bilan Birinchi ligaga qabul qilindi.

Birinchi ligada 30 ta jamoa ishtirok etadi

Jamoalar uch mintaqaga bo'linadi

Geografik jihatdan Liga 30 ta jamoani uch mintaqaga ajratib oladi: G'arb, Markaz, Sharq. Bu uch sababga ko'ra amalga oshiriladi:

• pulni iqtisod qilish;

• yosh futbolchilarning uzoq masofadan keyingi tiklanishini osonlashtirish;

• yosh futbolchilar uzoq safarlar tufayli talimdan uzoqlashib ketmasligiga erishish.

G'arbiy mintaqadan Qoraqalpog'iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo jamoalari o'rin oladi. Har uch mintaqada jamoalar soni teng bo'lishiga erishish uchun, Markazga nisbatan yaqinroq bo'lgan Samarqandning Ishtixon yoki Kattaqo'rg'on jamoalaridan biri qura asosida Markaziy mintaqaga o'tkaziladi.

Jizzax, Sirdaryo, Yangiyo'l va Toshkent shahri jamoalari (6 tasi) esa Markazni tashkil etadi. Poytaxtning 9 ta jamoasi Birinchi ligada ishtirok etayotganidan kelib chiqib, qura yordamida ularning 6 tasi Markazga biriktiriladi. Qolgan 3 ta jamoa esa Sharqiy mintaqada Angren va vodiy jamoalari bilan bellashadi.

Musobaqa formati haqida

Har bir mintaqada 10 tadan jamoa bo'lgach, ulardagi har bir jamoa 9 ta uy va 9 ta safar uchrashuvida maydonga tushadi. Shu tariqa musobaqaning birinchi bosqichi o'z yakuniga etadi.

Ikkinchi bosqichga har bir mintaqaning eng yaxshi 5 tadan jami 15 ta jamoasi yo'l oladi. Liga ular qatoriga 1 ta mehmon jamoani 16-jamoa sifatida qo'shadi. Mazkur jamoa Liga ro'yxatidan o'tmagan futbolchilardan tuziladi va uning nomi keyinroq malum qilinadi. O'z mintaqasida 1 va 2-o'rinlarni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchilar orasidan 2 ta eng yaxshi jamoa 1-savatdan joy oladi va ular 1/8 finalda o'zaro raqib bo'lmaydi. Liganing mehmon jamoasi va qolgan jamoalar 2-savatni tashkil etadi.

1/8 final bosqichi uchun barcha jamoalar Toshkentga tashrif buyuradi. Har bir juftlik 3 kun ichida 2 tadan uchrashuvda maydonga tushadi va har ikki o'yin natijasiga ko'ra g'olib chiqqan jamoalar ¼ final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Keyinroq mana shu g'olib sakkiz jamoa musobaqa g'olibligi uchun kurashni Toshkentda alohida davom ettiradi (2024 yilda bo'lgani kabi). ¼ finalga qura tashlanayotganda jamoalar savatlarga ajratilmaydi.

Malumot uchun, Birinchi liganing barcha hujjatlarni o'z vaqtida ro'yxatdan o'tkazgan 16 jamoasi 2025 yilgi mavsumdagi yurishini O'zbekiston kubogining saralash bosqichidan boshlaydi. Birinchi liga taqvimi esa Ligadan tomonidan keyinroq elon qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика