Mesut O'zil Turkiya prezidenti bilan iftorlik qildi
20 may 2019 14:10
Yangiliklar


Mesut O'zil Turkiya prezidenti bilan iftorlik qildi
Asli kelib chiqishi turkiyalik bo'lgan nemis yarim himoyachisi, ayni damda "Arsenal" sharafini himoya qilayotgan Mesut O'zil Turkiya prezidenti Rajab Erdo'g'an bilan uchrashdi.
Dolmabaxche saroyida bo'lgan uchrashuvda O'zil, mamlakat prezidenti va futbolchining sevgan qizi Omina Gulse hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdi. Erdo'g'an mehmonlarga iftorlik dasturxoni yozdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili O'zil JCH-2018 oldidan Turkiya prezidenti bilan uchrashgani uchun nemislar tomonidan tanqid qilingan edi. SHundan so'ng Mesut O'zil Germaniya terma jamoasini tark etgan.
Malumotlarga ko'ra, O'zil Turkiya prezidenti Erdo'g'anni guvoh sifatida o'zining to'yiga taklif qildi. Marosim 7 iyun kuni o'tishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar