Messining penaltisini qaytargan posbon yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2018, 13:16
Islandiya termasi posboni Tor Xaldorsson Ozarbayjonning "Qorabog'" jamoasiga ko'chib o'tdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati tomonidan xabar berilmoqda. 34 yoshli darvozabon o'tgan ikki mavsumni Daniyaning "Ranners" jamoasi tarkibida o'tkazgan.

Tor JCH-2018da Islandiya termasining asosiy posboni bo'ldi. U Argentinaga qarshi bahsda Leo Messining penaltisini qaytargandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcqarabaghaz