Messining ikkita surati 923 ming evroga sotildi
13 fev 2015 08:44
Yangiliklar


Messining ikkita surati 923 ming evroga sotildi
Kecha Londonda bo'lib o'tgan Sotheby’s kimoshdi savdosida “Barselona” yulduzi Lionel Messining ikkita surati sotuvga qo'yildi.
Yaponiyalik rassom Takasi Murakami ijodiga mansub surat 429 ming, britaniyalik Demen Xerstning surati esa 494 ming evroga sotildi.
Avval xabar berilganidek, kartinalar sotuvidan tushgan mablag' hayriya sifatida Bangladesh, Indoneziya va Nepalda talim yo'nalishini rivojlantirishga yo'naltiriladi.

Fikrlar