Messining akasi 2,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2018, 15:42
"Barselona" hujumchisi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining akasi Matias 2,5 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Futbolchining akasi noqonuniy ravishda qurol saqlagani tufayli shunday jazo tayinlandi.

Advokatlar Matias har oy 8 soat mahalliy futbol maktablaridan birida ishlashi borasida kelishib olishdi.

Matias Messi ishi o'tgan yilning noyabr oyida ochilgan edi. Futbolchining akasi o'z yaxtasida avariyaga uchraganidan so'ng, policiya suv transportida qurol topib olgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ole