Messini qo'pollik ishlatmasdan to'xtatib bo'lmaydimi?
13 okt 2017 20:32
Yangiliklar
Messini qo'pollik ishlatmasdan to'xtatib bo'lmaydimi?
"Atletiko" himoyachisi Filipe Luis "Barselona" hujumchisi Lionel Messi haqida iliq fikr bildirdi.
"Messi juda ham kuchli. Aynan u sabab "Barselona" so'nggi yillarda muvaffaqiyatga erishmoqda, garchi klubda doimo turli mojarolar yuzaga chiqayotgan bo'lsa ham. Messi shu qadar yaxshiki, "Barselona" hech narsaga qaramay baribir g'alaba qozonmoqda.
Messi va Ronaldu mavsumda 50tadan gol urganda, odamlar himoyachilarni ayblashadi. Lekin, qolganlar shuncha ura olmayaptiku, himoyachilar esa o'sha-o'sha. Qolganlarga gol urish qiyin, ularga esa - oson. Messi va Ronaldu - umuman boshqa darajadagi o'yinchilar.
Messini qo'pollik ishlatmasdan to'xtatib bo'lmaydi. Qachon u birga bir holatda aldab o'tmoqchi bo'lsa, men 20ta vaziyatdan faqat bittasida to'pni undan toza olib qo'ya olaman. Unga qarshi boshqacha jihatlar zarur", - dedi Luis.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar