Messiga nima bo'lgan? U PSJning navbatdagi uchrashuvini ham o'tkazib yuboradi
10 okt 2022 23:58
Yangiliklar
Messiga nima bo'lgan? U PSJning navbatdagi uchrashuvini ham o'tkazib yuboradi
PSJ hujumchisi Leo Messi jamoaning bugungi mashg'ulotlarida ham ishtirok etmadi.
"Le Parisien" xabariga ko'ra, 35 yoshli argentinalik futbolchi seshanba kuni ECHL doirasida "Benfika"ga qarshi o'yinda ham ishtirok etmaydi. Yodingizda bo'lsa u chempionat doirasida "Reyms"ga qarshi o'ynamagandi.
Oldinroq Messining boldirida muammosi borligi biroq bu uning keyingi o'yinlariga tasir qilmasligi aytilgandi. Ammo davolanish vaqti uzoqroqqa cho'zilishi ham mumkin.
Ushbu mavsumda Messi chempionatning 9 o'yinida 5 gol va 7 assist qayd etdi.
Fikrlar