So’nggi yangiliklar

10:48Юнус Али: “Жуда қийин ўйин бўлди”  0 10:20Бензема сурат учун 10 миллион евро тўлади  5 09:52Sofascore. Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:24Самандар Мавлонқулов фаолиятини пойтахтда давом эттиради  0 08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  3 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  25 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  24 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  141

Messidan xafa bo'ldim Yangiliklar

Messidan xafa bo'ldim

Teglar :  Lionel Messi
Biz uxlab yotgan paytda Lionel Messi Amerika Kubogi finalida mag'lub bo'lib, Argentina terma jamoasidan ketishi haqida elon qildi.

"Yakuniy qarorni qabul qildim. Terma jamoa bilan sovrin yutishga bor kuchim bilan harakat qildim, ammo bu yana qo'limizdan kelmadi. Men juda muhim penaltini amalga oshira olmadim. Kiyinish xonasida terma jamoadagi faoliyatimga yakun yasashga qaror qildim. To'rtta finalda mag'lub bo'ldim. Bugun g'alaba qozonishga harakat qildik... ammo ko'rganingiz sodir bo'ldi. Ketaman, bu hamma uchun yaxshi. Finaldagi mag'lubiyat bizni qoniqtirmaydi. Argentina bilan chempion bo'lishni juda istagan edim, ammo o'xshamadi".


Tuyg'ular? Alam? Jazava? Kuchsizlik? Messining qaroriga o'zingiz istagancha baho bering, ammo xulosa shunday:

Lionel Messi - Aguero, Iguain, Maskerano va boshqa yulduzlar bilan o'ynaydi, yirik turnirlar finaliga chiqadi, hech narsa yuta olmagani uchun terma jamoadagi faoliyatini 29 yoshda yakunlaydi.

Krishtianu Ronaldu o'ynaydigan terma jamoada undan boshqa yulduz yo'q (mayli Pepeni hisobga olamiz), turnirlarga jarohat bilan keladi, klubdagi faoliyati bilan tavakkal qiladi, jamoasini pley-offga olib chiqadi, Portugaliya uchun barchasini bajaradi, ammo hech qanday sovrin qo'lga kirita olmasligini yaxshi biladi.


Ha, Messi - daho, futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi, ammo 29 yoshda terma jamoadan ketish... Buyuk futbolchilar egoist bo'lishini tushunamiz, ammo bu borada etakchilardan hisoblangan Zlatan Ibragimovich ham 34 yoshida hech narsaga yaramaydigan SHveciya safida to'p tepdi.


Leo Maradonadan foydaliroq va aqlliroq bo'lishi mumkin, ammo u maydonni xafa bo'lgan maktab o'quvchisidek tark etdi.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика