Messi yozda PSJni tark etish niyatida
21 fev 2023 14:32
Yangiliklar


Messi yozda PSJni tark etish niyatida
Parijliklar hujumchisi Lionel Messi kelasi yil yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.
Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar tarqatdi.
JCH-2022 oldidan va undan so'ng 35 yoshli argentinalik futbolchi mavsum yakunlanganidan keyin PSJda qolishi qayd etilgandi, ammo hozir vaziyat o'zgargan.
Messi uchun eng ehtimoliy scenariylar – "Inter Mayami"ga o'tish yoki "Barselona"ga qaytish.
Messi 2021 yilning yozida PSJga o'tgan edi. U joriy mavsum klub safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar