So’nggi yangiliklar

11:18"Марказий" стадион "ёнган" "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 10:55Пул ёки карьера. "Барселона" юлдузи иккисидан бирини танлаши лозим  1 10:29FourFourTwo. Роналду АПЛнинг энг яхши иккинчи рақамли вингери деб топилди. Биринчи ўринда эса...  4 09:59Осимхеннинг янги жамоаси маълум (Фабрицио Романо)  7 09:28Ёзда бир нечта топ клубларга рад жавоб берган мураббий "Ал Насср" билан келишувга эришди  1 09:00Қойил! АПЛнинг ўртамиёна клуби 47 миллион еврога футболчи сотиб олди  4 08:31U-16 Халқаро ўртоқлик турнири. Ўсмирларимиз бугун мезбонларга қарши баҳс олиб боради  1 08:03Про лига. Бугун 17-тур бошланади  1 07:35Суперлига. Бугун иккита қизиқарли учрашув бор  11 07:15А Серия. "Ювентус" ва "Аталанта" йирик ҳисобда ғалаба қозонишди, 1-тур ўйинлари битта саҳифада (+мусобақа жадвали)  7 06:55АПЛ. 37 ёшли "Лестер" афсонаси Жейми Варди жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди   2 02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  2 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  6 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  5 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  5

Messi vs Ronaldu: faqat terma jamoadagi aks Yangiliklar

Messi vs Ronaldu: faqat terma jamoadagi aks

Ochig'ini aytish kerak, hozirgi kunda jahonning eng taniqli futbolchilari - Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni bir-biriga taqqoslash xuddi eski plastinkaga o'xshab qolgan.

Ammo zafootball.com sayti ikki buyuk yulduzning faqat xalqaro maydon, to'g'rirog'i, milliy jamoalardagi natijalarini tahlil qilib,  etiborga arziydigan bazi faktlarni topdi, baribir.

Umumiy statistika

Ronaldu: 2003 yildan buyon terma jamoada 133ta o'yin o'tkazib, 61 gol urdi.

Portugaliyalik futbolchi bu davrda jami 7ta yirik musobaqada ishtirok etdi  va jamoasi bilan ularning 2tasida finalga, yana shunchasida yarim finalgacha etib keldi. Bir safar esa 1|8 finalda to'xtashga majbur bo'ldi. Xullas, bittagina turnirda guruh bosqichidan so'ng kurashni to'xtatishiga to'g'ri keldi. Ronalduning yaqindagina Franciya maydonlarida nihoyat, milliy jamoasi libosida chempionlik maqomiga erishgani esa barchaga malum.

Messi: 2005 yildan buyon terma jamoada 113ta o'yin o'tkazib, 55ta gol urdi.

Argentinalik hujumchi ham o'z faoliyati davomida 2ta yirik turnirda qatnashdi. Farqi shuki, u argentinaliklar libosida naq 4 marta final uchrashuvida maydonga tushdi, ammo bo'yniga oltin medal taqish nasib etmadi hali. Qolgan 3ta ishtiroki esa chorak final bosqichidayoq xotima topdi.

Eng yaxshi turnir

Ronaldu: shubhasiz, Evro-2016. CHunki Ronaldu garchi finalda jarohatlanib, maydonni ancha erta tark etgan bo'lsa-da, butun vaqt davomida jamoadoshlarini g'oliblik ruhi bilan to'yintirib turdi. O'yin oxirigacha maydon chetida xuddi tajribali va qattiqqo'l, shuning barobarida mehribon  murabbiydek sheriklarga ko'rsatma berishdan charchamaganini bir eslang. Yakunda uzoq kutilgan sovrin - Evropa chempionati kubogini qo'lga kiritdi. SHu joyda Krishtianu ishtirokidagi Evro-2004ni ham alohida tariflash o'rinli. Futbolchining sadoqatli muxlislari bu turnirni haligacha ichki achinish va alam bilan yodga olishadi. Negaki, o'sha payt Portugaliya termasida Ronalduga ishonch-etibor u qadar yuqori emasdi va jamoa o'yini ko'p jihatdan Luish Figu hamda Rui Koshta kabi tajribali yulduzlarga bog'liq edi. Amalda esa, aynan yosh Ronaldu o'yindan-o'yinga barchaning diqqatini o'ziga qaratib, jamoasining finalga chiqishiga katta hissa qo'shgandi. U xususan, Angliya termasiga qarshi kechgan chorak final o'yinida Eshli Koulni butunlay mahv etishni uddalagandi. SHuningdek, yarim finalda gollandlar darvozasiga hal qiluvchi golni urgandi. Evro-2016dagi statistikasi esa hali hech kimning yodidan ko'tarilmagani aniq.

Messi: JCH-2014. Bilsangiz kerak, Braziliya mezbonlik qilgan so'nggi mundialda eng yaxshi futbolchi maqomi Lionelga berildi. To'g'ri, tashkilotchilarning bu qarorlari ko'pchilikni ajablantirdi. Zero, Argentina terma jamoasi atigi 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Biroq argentinaliklarni chempionatda hal qiluvchi bahsga aynan Messi etaklab kelganini hech kim inkor qilolmasa kerak. Ha, turnirning so'nggi o'yinida Messidan omad ochiqchasiga  yuz o'girdi. Lekin u bundan oldinroq Bosniya va Gercegovina hamda Eron terma jamoalari darvozasiga g'alaba to'pini kiritgandi. Nigeriyaliklar esa Messining 2ta aniq zarbasiga to'sqinlik qila olishmagan. Pley-off doirasida shveycariyaliklarga qarshi o'tgan bahsni ham eslash mumkin: Messi so'nggi soniyalarda samarali to'p oshirib, jamoa g'alabasiga asos soldi. Belgiya termasi bilan bo'lgan o'yinda ham Leo maydonda yaqqol ajralib turdi. Xullas, hammasi yaxshi bordiyu, finalda argentinaliklar, jumladan Messidan omad yuz o'girdi.

Eng yomon turnir

Ronaldu: JCH-2010. Krishtianu JARda o'tgan mundial vaqti o'zining eng yuksak formasida bo'lganini ko'pchilik yaxshi eslaydi. Biroq baxtga qarshi, portugallarning mundialdagi yurishlari muvaffaqiyatli chiqmadi: ular musobaqadan ilk pley-off bahsidayoq ispanlarga yo'l bo'shatishdan o'zga chora topolmadilar. Ronalduning o'ziga kelsak, u butun turnir davomida bittagina gol bilan kifoyalandi, shunda ham zaifgina KXDR termasi darvozasini tushunarsiz holda ishg'ol qildi. Boz ustiga, uning bu goli katta ahamiyatga ega bo'lmadi. Biroq o'z o'rnida yana bir faktni eslatib qo'yish kerak: Ronaldu koreyslar darvozasini zabt etguniga qadar Portugaliya termasi libosida naq 16 oy gol nimaligini bilmagandi.

Messi: Amerika kubogi-2011. Navbatdagi qita musobaqasi vaqtida, umuman, kutilmagan voqea ro'y berdi: Leo o'zgalar emas, argentinalik muxlislar hushtakbozligi ostida qoldi. CHunonchi xuddi o'sha payt unga nisbatan etirozlar ko'payganidan-ko'paygandi. Tanqidchilar bir xil manoli fikrni olg'a surishdi: Messi Barselona uchun jonini fido qiladiyu, ammo terma jamoada ishtiyoqsiz to'p suradi. Aksiga olganday, Messi har qancha urinmasin,  turnir davomida bitta ham gol urolmadi. Qo'shimchasiga, musobaqa garchi Argentinada o'tgan bo'lsa-da, mezbonlar chorak finalda yurishni to'xtatishdi. Xullas, Messi jamoatchilik yoqimtoyi - Tevesdek hurmatga erishish uchun bor kuchini safarbar qilgan bo'lsa hamki, bu ish uddasidan chiqolmadi.



Yulduzli onlar

Ronaldu: JCH-2014 saralash bosqichi pley-off doirasida  SHveciya termasiga qarshi kechgan o'yinlar. Portugaliyalik yulduz o'sha hal qiluvchi bahslarda terma jamoasining barcha 4ta goliga mualliflik qildi. Eng muhimi, portugallar va shvedlar to'qnashuviga qadar barchani bitta savol o'ylantirib yurgandi: Kim o'z terma jamoasi uchun ahamiyatliroq - Ronaldumi yoki Ibragimovich? SHvedlar darvozasiga urilgan naq 4ta gol kim aslida kimligini yaqqol ko'rsatib berdi. To'g'ri, Zlatan ham chakki ko'rinmadi, biroq Krishtianuning shu 4ta goli tufayli Jch-2014dan chetda qoldi, baribir.

Messi: porloq lahzalar ko'p. Lekin ular orasidan muayyan bittasini yaqqol ajratib ko'rsatish mushkulot tug'diradi. CHunki Messi deyarli har bir o'yinda boshqalar uddalolmaydigan hunarlarni namoyish etishi mumkin. SHunday ekan, rasmiyat uchungina Amerika kubogi-2015 doirasida Paragvay termasiga qarshi kechgan o'yinni eslab qo'ya qolamiz. O'shanda Messi bir harakatda raqibning 4 nafar himoyachisini shunday gangitdiki, to'pni undan olib qo'yishga ahd qilib, jahl bilan tashlangan 2 himoyachi bir-biriga urilib ketib, kalaka ostida qoldi.

Omadsiz lahza

Ronaldu: qanchalik g'aliti tuyulmasin, Ronalduning omadsiz onlari uning faoliyatida etarlicha ko'p. Masalan, Braziliya mundialini to'laligicha fojeaga yo'ysak, mubolag'a bo'lmaydi. Lekin Evro-2012 yarim finalida ispanlarga qarshi kechgan bahsda Ronalduning o'zini ko'rsatolmagani yanada kutilmagan holat bo'lgandi. Vaholanki, u aynan ispaniyalik himoyachilar va ularning ojiz taraflarini hammadan ko'ra, yaxshiroq bilardi. Xullas, o'sha uchrashuvda Ronaldu, umuman, o'ziga o'xshamagandi.

Messi: JCH-2014 finali. Ha, bu o'rinda Leo faoliyatidagi bitta o'yinni yana bir marta yodga olamiz. Darhaqiqat, Braziliya mundialining hal qiluvchi uchrashuvi lahzalari Messiga hali-hamon tinchlik bermayotgandir. Zero, u hujumlarning birida barcha savollarga yakuniy nuqta qo'ysa bo'ladigan ajoyib imkoniyat hosil qilgandi. Ammo dahocha tepgan to'p Manuel Noyer qo'riqlayotgan darvozaga kirishni istamay, bir necha santimetr naridan o'tib ketdi. Etiborlisi, ushbu o'yin oldidan Messi zo'rmi yoki Noyer? qabilidagi tortishuvlar ham rosa avj olgandi. Biroq taqdirning hazilini qarangki, oradan atigi bir yil o'tib-o'tmay, ECHLda Messi klubdagi sheriklari bilan birgalashib, Bavariya posbonining po'stagini qoqdi. Darvoqe, Messining qora ro'yxatiga so'nggi Kopa Amerika finalini ham qo'shish kerak. Ha,  penaltilar seriyasida ilk zarbani noaniq bajarish Messidek futbol ustasi uchun chinakam omadsizlikdir. Boz ustiga, shu tufayli CHili termasi chempionlikni tantana qildi, argentinaliklar esa... Messining o'zi esa ko'z yoshlarini tiyib turolmadimi, bu darhaqiqat katta omadsizlik sanaladi.

Eng yaxshi jamoa

Ronaldu: So'zsiz, yana Evro-2016 musobaqasiga tanlangan tarkib. Sababi, hattoki, eng oqil tahlilchilar ham Franciyadagi qita musobaqasida Portugaliya termasining g'olib chiqishini taxmin qilmagandilar. Mutaxassislarning asosan Germaniya, Ispaniya va Franciya terma jamoalarini favoritlar sirasiga kiritishgani barchaga malum. Ana shunday pallada Ronaldu va uning jamoadoshlari kamtarin natijalar bilan bo'lsa-da, finalgacha etib kelishdi. Hal qiluvchi uchrashuvda esa mezbonlarni mag'lublik ko'chasiga etaklashdi. Yanada hayratlanarlisi, hozirgi Portugaliya termasi tarixdagi eng kuchli tarkibga ega emas. Boz ustiga, portugallarning asosiy kuchi va quroli sanalgan Ronaldu o'yin boshidayoq jarohat tufayli maydonni tark etdi. SHunga qaramay, yakunda g'oliblikni aynan Ronaldu jamoadoshlari ilib ketishdi.

Messi: Amerika kubogi-2007dagi tarkib. Nisbatan ahilroq, tezkorroq va yorqinroq Argentina terma jamoasini xuddi shu turnirda ko'rgandik. Biroq Dunga boshliligidagi braziliyaliklar Messi va uning jamoasini butunlay yanchib tashlashdi - 3:0. O'shanda argentinaliklarga nima bo'lganini ko'pchilik hali ham tushunolmagan. Faqat taxminlar bor: murabbiy qandaydir o'ta mudhish xatoga yo'l qo'ygan yoki oq-havorang libosdagi bazi futbolchilar o'z imkoniyatlari darajasida to'p sura olishmagan.

Yakuniy gap

Krishtianu terma jamoa etakchisi sifatida muhim sovrinni qo'lga kiritdi - u o'z qitasida chempionlik tojini kiydi. Boshqacha aytganda, ikki futbolchini xalqaro mezon bo'yicha taqqoslasak, Ronaldu ayni payt biroz ustun. Harqalay, natija nuqtai nazaridan shunday. Axir u chinakam sardor sifatida sheriklarini shohsupaga olib chiqishni uddaladi.

Lionel esa hal qiluvchi o'yinlarda raqibiga nisbatan ko'proq ishtirok etgani bilangina maqtana oladi. Ammo shunisi borki, u eng so'nggi lahzalarda omadni o'ziga bo'ysundira olganicha yo'q. Boz ustiga, Messi futboldagi asosiy raqobatchisi muvaffaqiyatidan oldinroq terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida og'iz ochdi. To'g'ri bunga ishonish qiyin va Leoning hali o'z so'zidan qaytishi ehtimoli katta. Mana, endi azbaroyi Ronaldudan ortda qolmaslik uchun ham terma jamoa libosini qayta egniga olishi kerak. SHunday qilmasa, Ronalduning xalqaro miqyos - terma jamoalar darajasida kuchli ekanligi batamom tasdiqlanadi, axir...

zafootball.com - I. RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика