Messi videokonferenciya orqali FIFAga hulqi haqida tushuntirish beradi
03 may 2017 10:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/251529_original.jpg)
![](/upload/storage/251529_220.jpg)
Messi videokonferenciya orqali FIFAga hulqi haqida tushuntirish beradi
Argentina terma jamoasi hujumchisi CHiliga qarshi JCH-2018 saralash bahsidagi o'zini tutishi borasida tushuntirish berish uchun FIFA shtab-kvartirasiga bormaydi.
Malumotlarga ko'ra, "Barselona" futbolchisi FIFA bilan videokonferenciya orqali muloqot qiladi. Messi shaxsiy sabablarga ko'ra Cyurixga bora olmasligini aytdi. "Albiseleste" forvardi CHiliga qarshi bahsda yon hakamni haqorat qilgani uchun 4 ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilingan edi. Messining o'zi hakamni so'kmaganini, shunchaki havoga gapirganini aytdi. Futbolchining maqsadi diskvalifikaciya muddatini qisqartirish.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar