Messi va Maskerano rejadagidan bir hafta oldin mashg'ulotlarga qo'shilishadi

Aziz Tukhtamuradov
30 iyul 2015, 17:41
Barselonaning argentinalik futbolchilari Lionel Messi va Xaver Maskeranolar yaqin orada mashg'ulotlarga qo'shiladilar.

Amerika Kubogi munosabati bilan ularga 5 avgustga qadar tatil berilgandi. Biroq, futbolchilarning o'zi muddatidan bir hafta oldin mashg'ulotlarni boshlashga qaror qilishdi. Ular 11 avgust kuni "Sevilya"ga qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa Superkubogi bahsigacha formalarini tiklab olmoqchilar.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru