So’nggi yangiliklar

01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  0 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  5 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  3 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  0 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0 21:22"Челси" қишдаёқ Стерлинг билан хайрлашишга қарор қилди  0 20:32Пьянич расман фаолиятини якунлади. У Қозоғистон клубига ўтмайди  3 19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  2 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9 18:58"Манчестер Юнайтед" футболчиси жароҳат сабаб 10 ҳафтани ўтказиб юборади  4

Messi va "Barselona" o'rtasidagi sir oshkor bo'ldi Yangiliklar

Messi va "Barselona" o'rtasidagi sir oshkor bo'ldi

2017 yilning noyabr oyida "Barselona" hujumchisi Lionel Messi klub bilan yangi bitim imzoladi.

Yangi kelishuv 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Football Leaks sayti argentinalik va Kataloniya klubi o'rtasida tuzilgan shartnomaning sir tutilgan bandlarini elon qildi. Malumotlarga ko'ra, Messi 4 yil ichida yarim milliard evro pul topishi mumkin ekan.

- Messining shartnomasi - bu uchta bitim. Birinchisi futbolchining o'zi bilan (otasi Xorxe Messi tomonidan imzolangan), ikkinchisi - Leo Messi Management S. L. bilan (futbolchining imij huquqiga egalik qiluvchi kompaniya), uchinchisi - Messining xayriya fondi bilan.

- Agar Messi shartnomada ko'rsatilgan barcha yillarda klub safida to'p tepsa, har mavsum uchun 106 mln. evrodan oladi. Agar "Barselona" trebl qayd etsa, Messi esa FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilsa, bunday super muvaffaqiyatli mavsum uchun 122,5 mln. evro daromad topadi. Messining maoshi "Barselona" futbolchilargan berayotgan pullarning 40%ni tashkil qilishi mumkin.

- Messi soliqdagi qarzlarini to'lashi uchun "Barselona" unga qo'shimcha pul beradi. Avvalgi kelishuv bo'yicha bu pullar bonus tariqasida (23,1 mln. evro) berilgan. Yangi kelishuv bo'yicha, bu Messi maoshining bir qismi.

- 2013 yilda "Real" Messini 250 mln. evroga xarid qilmoqchi bo'lgan, Florentino Peres va Messi oilasi bilan muzokaralar osmonda, uchayotgan samolyot ichida o'tishi kerak edi. "Barselona" Lionelning maoshini ko'targanidan so'ng, u jamoada qoldi.

- Xorxe Messi transfer oynasidagi katta o'zgarishlarni ko'rib, klubning xatlariga javob bermadi. Aslida, shartnoma 2017 yilning 30 iyunida imzolanishi kerak edi. Natijada tomonlar qo'shimcha muzokaralar o'tkazishdi va bitim imzolangani haqida 25 noyabrda elon qilishdi. Futbolchining tovon puli endi 700 mln. evro.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика