"Messi uchun eshiklar doim ochiq". Skaloni - JCH-2026 haqida
11 jan 2023 11:09
Yangiliklar
"Messi uchun eshiklar doim ochiq". Skaloni - JCH-2026 haqida
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining navbatdagi Jahon chempionatida o'ynash istiqbollari haqida gapirdi.
"Menimcha, bu mumkin, garchi ko'p narsa uning xohishiga bog'liq bo'lsa ham. Hamma narsa bu vaqt ichida nima sodir bo'lishiga, u o'zini yaxshi his qilishiga bog'liq bo'ladi. Uning uchun eshiklar doim ochiq. U maydonda baxtli va uning o'ynashi biz uchun yaxshi", – dedi Skaloni.
Eslatib o'tamiz, JCH-2022dagi g'alabadan so'ng Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash niyatida emasligini aytgan edi. Leo 2026 yilda 39 yoshga to'ladi.
O’xshash yangiliklar
10:20
Adidas Argentina terma jamoasi bilan hamkorlikning 50 yilligi sharafiga maxsus forma taqdim etdi 1
Fikrlar