

Argentinalik futbolchi Lionel Messi unda mehmon bo'ldi. Translyatsiya "Muloqot" toifasida bo'lib o'tdi, Messi bilan birga Argentina terma jamoasining yana bir futbolchisi, "Sevilya" a'zosi Papu Gomes ham Aguero bilan muloqot qildi.
Argentina terma jamoasi ayni damda Qatardagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Jamoa turnirning pley-off bosqichiga chiqib, u yerda 1/8 finalda Avstraliyani mag'lub etdi va endi 1/4 finalda Niderlandiya bilan uchrashadi – o'yin 9 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Agueroning Tvichdagi kanali 4,2 million obunachiga ega. Shuningdek, Serxioda KRU Esports kibersport klubi ham bor.



