Messi: "Tbilisida xuddi uydagidek o'ynadik"
12 avg 2015 10:15
Yangiliklar
Messi: "Tbilisida xuddi uydagidek o'ynadik"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Sevilya"ga qarshi UEFA Superkubogi uchrashuvida "Dinamo-Arena"ga tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
Argentinalik futbolchi o'yinda 2ta gol urib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Omadim kelib ikki marotaba raqib darvozasini aniq nishonga oldim va jamoamiz g'alaba qozonganidan juda xursandman. Yaxshi kutib olishgani va qo'llab-quvvatlashgani uchun muxlislarga rahmat. Xuddi uyimizda o'ynayotgandek tuyildi! O'zimizni mezbondek his qildik. G'alabadan juda mamnunman.
Maqsadimiz - g'alaba qozonish va iloji boricha ko'proq sovrin qo'lga kiritish. Bugungi muvaffaqiyat katta ahamiyatga ega, chunki UEFA Superkubogini qo'lga kiritganimizdan so'ng mavsumni ham ajoyib boshlaymiz" - deydi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar