Messi "Selta"ga qarshi o'yin paytida Setenning yordamchisini eshitmadi
29 iyu 2020 14:04
Yangiliklar
Messi "Selta"ga qarshi o'yin paytida Setenning yordamchisini eshitmadi
Ispan matbuotining yozishicha, Leo Messi "Selta" qarshi o'yinda Kike Setenning yordamchisi Eder Sarabiyaning ko'rsatmalariga parvo qilmadi.
Suv ichish paytida bu narsa bo'lib o'tdi. Sarabiya Messining o'yini borasida gapirish uchun uning oldiga kelgan, ammo Lionel uni eshitishni xohlamagan.
Argentinalik futbolchi boshida murabbiyning gaplariga umuman parvo qilmadi, keyinchalik esa bir nechta qisqa gaplar aytdi.
Xabarga ko'ra, Sarabiya bilan bog'liq shunga o'xshash vaziyat Luis Suares va Ivan Rakitich bilan ham bo'lgan.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar