Messi Ronalduning xet-trigi borasida fikr bildirdi
14 mar 2019 11:10
Yangiliklar
Messi Ronalduning xet-trigi borasida fikr bildirdi
"Barselona" sardori Lionel Messi "Lion"ga qarshi bahsdan (5:1) so'ng intervyu berdi.
"2:1 hisobida biroz qiynaldik. Bungacha "Lion" bizga xavf solmagan edi. Baxtimizga uchinchi golni urdi va yana o'yin nazoratini qo'lga oldik.
Quradagi barcha raqiblar kuchli. "Ayaks" iqtidorli yoshlardan tashkil topgan ajoyib jamoa ekanligini ko'rsatdi. "Barselona" eng qiyiniga tayyor bo'lishi kerak.
Kecha Ronaldu "Yuventus" safida bajargan ish hayratlanarli. "Atletiko"ni mag'lub etish qiyinroq bo'ladi deb o'ylagandim. Bu Krishtianu uchun sexrli kecha bo'ldi" - deydi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar