Messi "Real" bazasida mashg'ulot o'tkazdi
19 mar 2019 13:25
Yangiliklar


Messi "Real" bazasida mashg'ulot o'tkazdi
Argentina terma jamoasi mart oyidagi o'rtoqlik uchrashuvlari oldidan Madridda yig'in o'tkazmoqda.
Kecha, 18 mart kuni Argentina terma jamoasi "Real" bazasida mashg'ulot o'tkazdi. Unda "Barselona" forvardi Lionel Messi ham ishtirok etdi.
Kataloniya klubi forvardi Rossiyada bo'lib o'tgan JCH-2018dan so'ng ilk marta milliy jamoaga qaytdi. Argentina terma jamoasi so'nggi mundialda 1/8 finalda Franciyaga mag'lub bo'lib, turnirni tark etgandi. SHunday so'ng Messi milliy jamoadagi faoliyatini vaqtincha to'xtatgan edi.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi 23 mart kuni Venesuela bilan, 27 martda Marokashga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar