Messi qorin qismidagi og'riq sabab, “Barselona”ning jamoaviy mashg'ulotlarida qatnashmadi
31 mar 2019 23:49
Yangiliklar
Messi qorin qismidagi og'riq sabab, “Barselona”ning jamoaviy mashg'ulotlarida qatnashmadi
Argentinalik forvard Lionel Messi “Barselona”ning bugungi mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi, deya xabar beradi AS.
Manbaning malum qilishicha, futbolchi qornining pastki qismida og'riq xis etmoqda. U terma jamoa safida Marokashga qarshi o'rtoqlik bahsini ham mazkur sabab tufayli o'tkazib yuborgandi. O'tgan yilning dekabridan buyon Messi og'riq bilan o'ynab kelmoqda. SHuningdek, futbolchining o'ng oyog'ida ham kichik jarohat bor.
SHu tufayli, 31 yoshli hujumchi mashqlarni ochiq maydonda emas trenajyor zalida individual tarzda o'tkazgan.
Fikrlar