Messi PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga qarshi emas
03 okt 2022 15:13
Yangiliklar
Messi PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga qarshi emas
U hozircha na parijliklardan, na boshqa klublardan taklif olgan.
Lionel Messi PSJ bilan kelishuvini uzaytirishi mumkin.
Argentinalik futbolchi Parij klubi bilan shartnomani uzaytirishga qarshi emas. Leo o'tgan mavsum bilan solishtirganda ancha baxtliroq, deb xabar berdi Adrien Grene.
Futbolchiga yaqin kishilarning aytishicha, Messiga hozircha na PSJ, na boshqa klublardan takliflar kelib tushgan.
35 yoshli futbolchining parijliklar bilan amaldagi bitimi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
Messi joriy mavsum Liga 1 da 9 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
13:03
O'zbekiston U-20 bosh murabbiyi Farhod Nishonov: "Bizdan yangi "Husanov"larni qidirishmoqda" 3
Fikrlar