Messi primero tarixidagi beshinchi to'purar bo'ldi
10 fev 2014 14:19
Yangiliklar


Messi primero tarixidagi beshinchi to'purar bo'ldi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi primeroning 23-turidan o'rin olgan “Sevilya”ga qarshi o'yinda (4:1) dubl muallifiga aylandi.
SHunday qilib argentinalik futbolchi o'z hisobiga musobaqaning 225 va 226-gollarini yozib qo'ydi, bu esa Messiga Ispaniya chempionatining to'purarlar tarixida 5-o'rinni band etishiga sabab bo'ldi.
Primeroning eng yaxshi to'purari Telmo Sarriga etishish uchun (251 gol) Messiga 25 ta gol etmayapti.
Bundan tashqari Alfredo Di Stefano (227 ta gol), Raul (228 gol) va Ugo Sanches (234 gol) ham bu boradi argentinalik futbolchidan oldinda borishmoqda.

Fikrlar