Messi, Neymar, Dani Alves va Maskerano "Fiorentina"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi
01 avg 2015 17:12
Yangiliklar


Messi, Neymar, Dani Alves va Maskerano "Fiorentina"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Fiorentina"ga qarshi International Champions Cup-2015 uchrashuvida maydonga tushmaydigan futbolchilarni sanab o'tdi.
O'yin 2 avgust kuni Florenciyada bo'lib o'tadi. Uchrashuv qaydnomasiga 18 nafar futbolchi kiritildi.
Lionel Messi, Neymar, Dani Alves va Xaver Maskerano Barselonada qolib, mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi. Jeremi Matyo va Adriano Korreya jarohat tufayli Florenciyaga uchmaydi. Arda Turan va Duglas oldingi shikastlanishdan davolanyapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar