Messi “Levante” bilan bo'ladigan o'yin qaydnomasiga kiritildimi?
13 may 2018 09:47
Yangiliklar


Messi “Levante” bilan bo'ladigan o'yin qaydnomasiga kiritildimi?
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde “Levante”ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun jamoa qaydnomasini elon qildi.
Bugun kataloniyaliklar Ispaniya chempionatining 37-turida “Levante”ga qarshi maydonga tushishadi. Valverde tanlagan tarkibda jamoa yulduzi Lionel Messi yo'q.
SHuningdek, himoyachi Samyuel Umtiti (jarohat) va Serji Roberto (diskvalifikaciya) ham bugungi uchrashuvda “Barselona”ga yordam bera olmaydi. Ernesto Aleish Vidalga ham dam olish imkoniyatini taqdim etdi.
Malumot uchun, “Levante” -“Barselona” uchrashuvi bugun, 13 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar