Messi La Liganing keyingi taqdiri haqida nimalar dedi?
12 avg 2021 21:26
Yangiliklar
Messi La Liganing keyingi taqdiri haqida nimalar dedi?
Argentina terma jamoasi va "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Lionel Messi La Liganing kelajagi haqida to'xtalib o'tdi.
"Ligada jamoalar muhim rol o'ynaydi. "Barselona" va "Real" hamon o'sha erda. SHuningdek, "Sevilya", "Valensiya" va "Atletiko" La Ligada o'ynaydi. Bular top-klublar.
Qandaydir o'yinchi ketgan taqdirda, jamoalar joyida qolaveradi.
La Liga – hali ham katta va muhim musobaqa. Futbolchilar ilgari ham ketishgan, ammo klublar o'z buyukligini saqlab qolishgan. Ular yo'q bo'lib ketmagan hamda yaxshi natijalarga erishgan.
"Real" va "Barselona"ga qiyin bo'ladi, biroq bir necha yildan keyin ular qaytadi. O'shanda ularda Ispaniya futbolining yangi yulduzlari paydo bo'ladi", – dedi Messi.
Eslatib o'tamiz, Messi PSJ bilan ikki yillik shartnoma tuzdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar