Messi kim tufayli "Barselona" bilan shartnomani uzaytirmayapti?
04 sen 2017 15:04
Yangiliklar
Messi kim tufayli "Barselona" bilan shartnomani uzaytirmayapti?
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Kataloniya klubi bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.
Klub rahbariyati tez orada kelishuvni uzaytirish haqida gapirgan bo'lsada, bu sodir bo'lmadi.
Avgustda Lionel Messi shartnomani uzaytirishni boshqa muddatga qoldirdi va jamoa yangi mavsumda qanday bo'lishini kuzatmoqchi. Endi uning yo'lini "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu to'smoqda.
Malumotlarga ko'ra, Lionel Messi prezidentga ishonchsizlik borasida imzo yig'ish davom etayotgan paytda shartnomani uzaytirmoqchi emas. 30 yoshli argentinalik bu jarayonning bir qismiga aylanmoqchi emas.
Lionel Messi va "Barselona" o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar