

Messi yakka tartibda klubning sport zalida engil mashqlar o'tkazgan.
Aytish joizki, u yaqinda jarohatidan qutilgani haqida aytilgandi. Endi argentinalik forvard 25 avgust kuni LaLiganing 2-turi doirasidagi Betisga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvda tusha olmasligi tobora oydinlashmoqda.
Avvalroq, kataloniyaliklarning boshqa hujumchilari Usmon Dembele va Luis Suares ham ertangi o'yinni jarohat sabab o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgandi. Shunindek, darvozabon Neto jamoa lazaretidan joy olgan. Rafinyaning Kamp Noudagi o'yinda maydonga tushishi esa so'roq ostida.



