"Messi jamoasi finalda ham Braziliya, ham hakamlarni mag'lub etishiga to'g'ri keladi"
09 iyu 2021 07:32
Yangiliklar
"Messi jamoasi finalda ham Braziliya, ham hakamlarni mag'lub etishiga to'g'ri keladi"
Paragvaylik sobiq darvozabon Xose Luis CHilavert Amerika Kubogining Argentina va Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi final o'yinida argentinaliklarga muxlislik qilishini aytib o'tdi.
"Messi jamoasi braziliyaliklarni mag'lubiyatga uchratish uchun barcha narsaga tayyor turishi kerak. Neymar, VAR va hakamlar...
Korrupbol (Korrupciya botqog'iga botgan KONMEBOL nazarda tutilmoqda) daxshatli. Ular Paragvay - Peru o'yinidagi qilgan ishidan keyin ham Ostoxichni hakam sifatida tayinlashdi. U juda yomon edi. U Paragvay terma jamoasi sardori Gomesni nohaq chetlatdi, keyin esa perulik futbolchiga qizil berdi.
Men Messida 3-4 ta ajoyib vaziyat bo'lib, o'sha imkoniyatlardan 3-4 ta gol urishini istardim. Agar shubha bo'lsa hakamlar turnir mezbonlariga yon bosishadi. Messi va uning jamoadoshlari 1000 foiz kuch bilan o'ynashlari lozim", - dedi Paragvay terma jamoasining sobiq darvozaboni Xose Luis CHilavert.
Fikrlar