Messi jamoadoshlarining qo'shnisi bo'ldi
26 sen 2021 12:50
Yangiliklar
Messi jamoadoshlarining qo'shnisi bo'ldi
PSJning yangi futbolchisi Leo Messi Parijda o'ziga uy tanladi.
"RMC" xabariga ko'ra, 34 yoshli argentinalik futbolchi Parijdagi zamonaviy ko'chalarning biridan ijaraga uy olgan va uning uchun oyiga 20 ming evro to'laydi. Ikki qavatli uyning umumiy maydoni 300 kvadrat metrni tashkil qiladi va unda katta bog' ham bor. U shu orqali Anxel Di Mariya va Leandro Paredesning qo'shnisiga aylandi.
Futbolchi ushbu mavsum arafasida erkin agent sifatida PSJga o'tdi.
Fikrlar