Messi Jahon chempionati, ECHL/ECHK va "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan tarixdagi 9-futbolchi
19 dek 2022 20:55
Yangiliklar


Messi Jahon chempionati, ECHL/ECHK va "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan tarixdagi 9-futbolchi
Argentinalik hujumchi Lionel Messi jahon chempionati, CHempionlar ligasi/CHempionlar kubogi va “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan to'qqizinchi futbolchiga aylandi.
Kecha Argentina terma jamoasi jahon chempionatida g'olib chiqdi. Lionel Skaloni shogirdlari JCH-2022 finalida Franciyani penaltilar seriyasida (3:3, 4:2) mag'lub etdi. Bu Messining faoliyatidagi 42-kubogi sanaladi.
Bungacha CHempionlar ligasi/CHempionlar kubogi, jahon chempionligi va “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan atigi 8 nafar futbolchi bor edi. Bular Bobbi CHarlton, Franc Bekkenbauer, Gerd Myuller, Paolo Rossi, Zinedin Zidan, Rivaldo, Ronaldino va Kaka.
Messi ushbu ro'yxatdan joy olgan to'qqizinchi futbolchi bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar