Messi: "Inter Mayami"ni MLSning, agar imkoni bo'lsa dunyoning eng yaxshi klubiga aylantirmoqchimiz"
26 okt 2024 14:46
Yangiliklar
Messi: "Inter Mayami"ni MLSning, agar imkoni bo'lsa dunyoning eng yaxshi klubiga aylantirmoqchimiz"
"MLS Kubogida zafar quchib, yana bir sovrinni qo'lga kiritamiz deb umid qilaman. Faqatgina o'zim uchun emas, balki bu yo'lda ko'p mashaqqat chekkan klub uchun aytyapman.
Ushbu sovrin "Inter Mayami" o'sishi uchun juda muhim, ayniqsa chempionlik ruhini yaratishga katta yordam beradi.
Sovrin yutib, klubimizga bo'lgan qiziqishni saqlab qolsak yaxshi bo'lardi. "Inter Mayami"ni MLSning, agar imkoni bo'lsa dunyoning eng yaxshi klubiga aylantirmoqchimiz.
Bizda cheklovlar yo'q. Buni klub egalari har doim aytib kelgan. Ularning falsafasi shunday - doimo kattarog'iga intilish.
Sovrin yutish o'sishga katta yordam beradi deb o'ylayman. Biz o'zimiz ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g'olib chiqmoqchimiz. Jamoa nimaga qodirligini vaqt ko'rsatadi" - dedi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar