Messi "Inter Mayami" safidagi navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi
16 sen 2023 17:26
Yangiliklar


Messi "Inter Mayami" safidagi navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi
Argentinalik futbolchi jamoa bilan safarga yo'l olmagan.
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS keyingi turida "Atlanta"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Argentinalik futbolchi jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdi, biroq ular bilan mehmondagi o'yinga bormadi. U Argentina terma jamoasi ixtiyorida bo'lgan paytda o'zini noqulay his qila boshlagan.
"Atlanta Yunayted" - "Inter Mayami" uchrashuvi bugun tungi 2:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar