So’nggi yangiliklar

21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  0 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  3 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  17 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  23 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1

Messi futbolni zabt etdi. Argentinalikning sakkizinchi "Oltin to'p" sari yo'li (mutolaa uchun) Yangiliklar

Messi futbolni zabt etdi. Argentinalikning sakkizinchi "Oltin to'p" sari yo'li (mutolaa uchun)

Leoning navbatdagi individual oltinga qanday etib kelganini eslaymiz.

"Inter Mayami" forvardi Lionel Messi faoliyatidagi sakkizinchi "Oltin to'p"ini yutdi. Hech kim bunchalik ko'p nufuzli individual sovrinni qo'lga kiritmagan. Argentinalikning yagona haqiqiy raqibi "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bo'ldi. Biri jahon chempioni bo'ldi, boshqasi esa trebl yutdi. G'olibni aniqlash qiyin bo'ldi, ammo baribir Messini afzal ko'rishdi. Argentinalikning sakkizinchi, balki so'nggi "Oltin to'p"iga qadar bo'lgan yo'lni eslaymiz.

Leo uchun o'tgan mavsumdagi asosiy turnir jahon chempionati bo'ldi. Messi JCH-2022da "Oltin butsa" sohibi Kilian Mbappedan atigi bitta kamroq, aniqrog'i 7ta to'p kiritdi. U turnirni eng ko'p assist (3) va muhim paslar (21) bilan yakunladi, shuningdek eng ko'p darvoza tomon aniq zarba (13) berdi.

PSJ va "Barselona" sobiq hujumchisi shuningdek jahon chempionatlari tarixida guruh bosqichidan tortib turning har bir bosqichida gollar urgan ilk o'yinchi bo'ldi. JCH-2022ning eng yaxshi o'yinchisini aniqlash vaqti keldi va g'olib faqat bitta o'yinchi bo'lishi mumkin edi. Messi endilikda ushbu mukofotni ikki bor qo'lga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi. U shuningdek 2014 yilda jahon chempionatida ko'rsatgan o'yinlari uchun mukofotlangandi.



Messi jami beshta jahon chempionatida o'ynadi. Leo hozirgi futbolchilar o'rtasida mundialning eng samarador o'yinchisi hisoblanadi – uning hisobida 13ta gol va 8ta assist bor. U shuningdek turnirdagi o'yinlar soni (26) bo'yicha maqtanishi mumkin, u Germaniya terma jamoasi afsonasi Lotar Matteusdan bitta ko'p o'yin o'tkazgan. Faqatgina 3 o'yinchi jahon chempionatlarida argentinalikdan ko'proq gol urishgan: Miroslav Kloze (16), Ronaldo (15) va Gerd Myuller (14).

Argentina haqli ravishda jahon chempionati finaliga chiqdi va unda Franciya bilan kuch sinashdi, favorit sifatida esa ilk bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatgan holda umidlarni oqladi. Messi va Di Mariyaning gollari "albiseleste"ni tanaffusga qadar 2:0 hisobida bilan oldinda borishini taminladi, bu esa Dide Deshamni o'yin tizimini o'zgartirishga undadi. Franciya ikkinchi bo'limda umuman boshqacha o'ynadi va Kilian Mbappening 2 daqiqadagi ikki goli evaziga o'yinni qo'shimcha vaqtlargacha olib bordi. SHunga qaramasdan, Messi qatiyatni saqlab qoldi va 108-daqiqada gol urgan holda Argentinani oldinga olib chiqdi, ammo Mbappe 10 daqiqadan so'ng hisobni tenglashtirdi.

Messi penaltilar seriyasida birinchi bo'lib zarba berdi va Ugo Lorisning yonidan to'pni darvozaga kiritgan holda xotirjamlikni aks ettirdi. Sardorning xotirjamligi jamoadagi sheriklariga ham o'tdi. Yakunda, "albiseleste" penaltilar seriyasida 4:2 hisobida g'alaba qozondi, Gonsalo Montiel esa hal qiluvchi golni urdi. Ayrim o'yinchilar g'alabani nishonlash uchun Montiel tomon yo'l olishdi, ammo ko'pchilik markaziy aylanada tizzasi bilan ko'z yoshlar bilan yiqilgan Leoni quchoqlashga intildi. JCH-2022 Messining turniri bo'ldi.



Leo jahon chempionatiga PSJ tarkibida tayyorlandi. "Barselona"dan ketganidan so'ng argentinalikning "Park de Prens"dagi ilk mavsumi muvaffaqiyatli o'tmadi, ammo u 2022/23 yilgi mavsumning ilk yarmida yana eng yaxshi formasini yig'ib oldi. Argentinalik Liga 1da 16ta gol va 16ta assist qayd etdi. Kristof Galte Messiga PSJ hujumida erkin rol berdi va bu tezda o'z foydasini berdi. Leo oxir-oqibat Kilian Mbappe va Neymar bilan hamohang o'ynay boshladi. Parijliklar bir muddat CHempionlar ligasi uchun haqiqiy davogarlar sifatida ko'rinishdi.

Afsuski, mavsum o'rtasidagi tanaffus PSJning jadalligini pasaytirdi. Messi jahon chempionatidan so'ng qo'shimcha tatil oldi, qaytganda esa unchalik yaxshi ko'rinmadi. So'ngra parijliklar "Bavariya"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob o'yini oldidan navbatdagi jiddiy jarohatdan so'ng Neymarni yo'qotishdi. Galte jamoasi umumiy ikki o'yinda 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi, muxlislar esa jamoaning Evropa arenalaridagi muvaffaqiyatsizligida braziliyalik va Messini ayblashdi.

PSJ Liga 1da chempionlik titulini himoya qila olgan bo'lsa ham mavsum muvaffaqiyatsiz deb tan olindi. Leoning shartnomani uzaytirmagani hayratlanarli emas, sababi u francuz poytaxtidagi maydon va uning tashqarisi to'liq o'zini topmadi.



Ammo, fakt shundaki, Messi o'zining PSJdagi so'nggi mavsumini barcha musobaqalarda 41ta o'yinda 21ta gol va 20ta assist bilan yakunladi. Faqatgina Muhammad Saloh, Mbappe va Xoland ko'proq gol urishdi. 36 yoshli argentinalik elitada qolmoqda. Hattoki Evropadan "Inter Mayami"ga kutilmagan tashrif ham vaziyatni o'zgartirmadi: u MLS jamoasidagi dastlabki 11ta o'yinida 11ta gol urdi.

Messini quvib o'tish va "Oltin to'p"ni olishga imkoniyati bo'lgan yagona shaxs Xoland edi. Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq hujumchisi 52 mln funt evaziga "Manchester Siti" uchun muvaffaqiyatli xarid bo'ldi. U 36ta gol urgan holda bitta mavsumdagi gollar soni bo'yicha Premer-liga rekordini yangiladi. Norvegiyalik shuningdek CHempionlar ligasida 12ta, Angliya kubogida 3ta va Liga kubogida 1ta to'p kiritdi.

Pep Gvardiola jamoasi Xoland kelguniga qadar Angliya ligasida hukmron kuch edi, ammo u buni yangi darajaga olib chiqdi va uzoq kutilgan CHempionlar ligasi sovrinini yutishga yordam berdi. Norvegiyalik aytilayotgan barcha maqtovlarga arziydi. Ammo, Messidan farqli ravishda u eng muhim o'yinlarda o'z jamoasi uchun muhim faktor bo'lmadi. Xoland o'tgan mavsumning so'nggi sakkizta o'yinida faqatgina 1ta gol urdi. U CHLning yarim finalida ham, finalida ham, Angliya kubogining yarim final va finalida gol ura olmadi.



"Manchester Siti" forvardi o'tgan mavsum o'yin davomida o'rtacha jami 24,8 bor to'pga tegindi va 11,7ta uzatmani amalga oshirdi. "SHaharliklar" odatda o'yin tempini Xolandsiz ham nazorat qilishadi. Messi esa aksincha, o'tgan mavsum Argentina terma jamoasi va PSJning asosiy pleymeykeri bo'lgandi. U tezda aqlli uzatmalari bilan mudofaani buzishi mumkin va maydonning uchinchi qismida doim to'g'ri qarorlarni qabul qiladi.

Messi – o'yinni bir o'zi yutishi mumkin bo'lgan takrorlanmas futbolchi. Xoland – birinchi darajali to'purar, ammo uning o'yinlari har tomonlama yaxshilanishni talab qiladi. "Siti"ning Erlingning bir o'zi o'yinning borishini o'zgartirib yuborishiga ishonishi qiyin masala. Norvegiyalik bilan vaziyatlarni gollarga aylantirish uchun shartnoma imzolandi va u buni boshqalardan ko'ra yaxshiroq qilmoqda. Ammo, uni hali ham Messi bilan bir qatorga qo'yib bo'lmaydi. Leo to'g'ri manoda Argentinani Jahon chempioni sovriniga olib keldi va faqatgina shuning o'zi uni sakkizinchi "Oltin to'p" uchun munosib qiladi.


Goal materiallari asosida Footballhd.ru'da tayyorlandi. Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика