Messi ettinchi marotaba ketma-ket “Oltin to'p” uchun uch nafar davogarlar ro'yxatidan joy oldi
10 dek 2013 12:41
Yangiliklar


Messi ettinchi marotaba ketma-ket “Oltin to'p” uchun uch nafar davogarlar ro'yxatidan joy oldi
“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi ettinchi marotaba ketma-ket “Oltin to'p” uchun uch nafar davogarlar ro'yxatidan joy oldi.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli argentinalik futbolchi 2009, 2010, 2011 va 2012 yillar “Oltin to'p” sovrini qo'lga kiritgan edi.
Undan tashqari so'nggi etti yil davomida “Barselona”ning yana ikki nafar futbolchisi ushbu ro'yxatdan joy olib kelishayapti, bular: Xavi (3 marotaba) va Andres Inesta (2 marotaba).
Takidlab o'tamiz, Messidan tashqari “Oltin to'p”-2013 sovriniga “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Bavariya” yarim himoyachisi Frank Riberi ham davogarlik qilishayapti. G'olib nomi 13 yanvar kuni aniqlanadi.

Fikrlar