Messi ertaga PSJning umumiy guruhida mashg'ulotlarni davom ettiradi
24 sen 2021 17:40
Yangiliklar
Messi ertaga PSJning umumiy guruhida mashg'ulotlarni davom ettiradi
PSJ hujumchisi Lionel Messi ertaga umumiy guruhda mashg'ulotlarni davom ettiradi.
34 yoshli argentinalik futbolchining katta ehtimol bilan Liga 1 doirasidagi "Monpele"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi malum bo'lgan.
Klub CHempionlar Ligasi doirasidagi "Manchester Siti" (28 sentyabr)ga qarshi o'yin sabab Messi borasida tavakkal qilmayapti.
Messi "Lion" (2:1)ga qarshi o'yinda chap tizzasidan jarohat olgan va almashtirilgan edi. Forvard joriy mavsum to'liq bo'lmagan ikkita o'yinni o'tkazdi.
Fikrlar