Messi: "Endi bo'lajak sinovlarga shay turishim kerak"
05 jan 2023 10:16
Yangiliklar


Messi: "Endi bo'lajak sinovlarga shay turishim kerak"
PSJ hujumchisi Lionel Messi jamoaga qaytganidan keyin ilk fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men klubning barcha xodimlari, jamoadoshlarim va PSJ xodimlariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Juda xursandman.
Endi bo'lajak sinovlarga shay turishim kerak. Jismonan tayyorlanib, yaxshi mashq qilishim, jarayonga qaytishim lozim.
Murabbiylar shtabi qachon o'ynashim mumkinligi bo'yicha qaror qabul qilgunga qadar tayyor bo'lishim kerak", – dedi Messi PSJ rasmiy saytiga.
Klub futbolchilari va xodimlari Lionel Argentina terma jamoasi bilan JCH g'olibligiga erishgani munosabati bilan unga chempionlik yo'lagini tashkil qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar