Messi chempionatlarda 500ta gol urdi: La Ligada 474ta, Liga 1da 22ta va MLSda 4ta
03 mar 2024 14:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/782676_original.jpg)
![](/upload/storage/782676_220.jpg)
Messi chempionatlarda 500ta gol urdi: La Ligada 474ta, Liga 1da 22ta va MLSda 4ta
Lionel Messi chempionat o'yinlarida 500ta gol urdi.
"Inter Mayami" hujumchisi MLS 3-tur doirasidagi "Orlando Siti" (5:0)ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Messining Amerika klubiga o'tganidan keyingi gollar soni 14taga etdi.
Endilikda uning faoliyatida chempionatlarda urilgan gollar soni 500taga etdi: La Ligada 474ta, Liga 1da 22ta va MLSda 4ta.
Messi klublar miqyosida 718ta gol urgan. U faoliyati davomida 824ta to'p kiritgan.
36 yoshli hujumchi MLS to'purarlar poygasida 3ta gol bilan etakchilik qilmoqda (Kristian Benteke bilan).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar