So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  109 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  3 20:50Суперлига. "Динамо" – "Насаф" 2:1 (матнли трансляция)  54 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  2 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  8 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  22 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  7 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  1

Messi: "CHempionlar ligasi men va PSJning asosiy maqsadi" Yangiliklar

Messi: "CHempionlar ligasi men va PSJning asosiy maqsadi"

Teglar :  PSJLionel Messi
PSJ hujumchisi Lionel Messi jamoasi bilan CHempionlar ligasida g'olib chiqishni xohlayotganini aytdi.

- PSJdagi maqsadlaringiz qanday? Jamoangizni CHempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun favorit deb hisoblaysizmi?

- Ha. Bu erga kelishimning asosiy sabablardan biri shu edi. "Barselona"dagi xayrlashuv nutqimda takidlaganimdek, maydonda ekanman, so'nggi daqiqalargacha sovrinlarni qo'lga kiritishga harakat qilaman.

PSJga o'tishga qaror qilganimning sabablaridan biri shundaki, bu erdagi jamoa ajoyib, klubda shuncha yillik urinishlardan so'ng o'sish va CHempionlar ligasida g'alaba qozonish istagi bor. SHu bois men bu jamoaga o'tishga qaror qildim - bu mening ham maqsadlarimdan biridir.

- CHempionlar ligasining uch uchrashuvida uchta gol urgansiz. Turnirda g'alaba qozonish sizning asosiy maqsadingizmi?

- Ha, bu men va klub uchun muhim maqsad hisoblanadi. PSJ anchadan beri bu borada pul sarflamoqda, ular ushbu turnirda g'alaba qozonishni istaydi, klub bunga yaqin kelgandi.

Parijliklar favoritlardan biri, ammo yagona davogar emas. Hamma biz haqimizda gapiradi, lekin boshqa grand jamoalar ham bor, ular ham yillar davomida astoydil rivojlanish sari bormoqda, ular ham kuchli futbolchilar bilan shartnoma imzolagan. "Manchester Siti", "Bavariya", "Liverpul", "Atletiko", "CHelsi" CHempionlar ligasida g'alaba qozona oladigan jamoalardan sanaladi.

Eng yaxshi jamoalar har doim ham g'alaba qozona olmaydi, chunki bu ko'plab detallarga bog'liq. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin", - dedi Messi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика