So’nggi yangiliklar

23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  1 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 23:03"Нант" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  14 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:32"Истанбул Башакшехир" — "Кайсериспор". Таркиблар маълум  8 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  32 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Messi bilan hazillashgan O'rinboev Yangiliklar

Messi bilan hazillashgan O'rinboev

Kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Argentinadan Urugvayga yo'l oldi.

Messining "bazasida" Farhod Nishonov shogirdlari maydon egalariga qarshi ikkita nazorat o'yinida maydonga tushdilar. Bitta mag'lubiyat, bitta durang, safar uchun yaxshi natija.

SHu bois, terma jamoa sardori Muhammadali O'rinboevga aloqaga chiqdik.

"Argentinaga qarshi ikkita o'yinimiz sermazmun bo'ldi. Birinchisida mag'lubiyatga uchradik, lekin o'yinda to'liq ular ustun bo'ldi deb aytmagan bo'lardim. Farqimiz, ular gol urishdi. Osiyo Kubogi oldidan murabbiyimiz turli uslublarni sinab olyaptilar, masalan bu o'yinda biz raqib "zonasi"da pressing qilib o'ynadik. Bunday kuchli jamoaga qarshi bu uslubni hamma ham qo'llayvermaydi. Sekin sekin maqsadimizga erishib boramiz. Ikkinchi o'yinda ko'p narsa o'xshadi va biz durang qayd etdik.

Messining kelishini to'g'rini hech kim kutmagan, ammo biz uchun qiziqarli bo'ldi. U ko'pchilikning orzusidagi futbolchi. O'yindan keyin unga Sen dunyoning eng yaxshi futbolchisisan, ikkinchisi kimligini bilasan desam, o'zi ham kulib yubordi", - deydi terma jamoa sardori.

Kelayotgan Osiyo Kubogi oldidan esa O'rinboev shunday deydi:

"Bu kabi raqiblar bilan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib borish qiziqarli va tajribaga boy. Buning uchun O'FA mutasaddilariga jamoadoshlarim nomidan minnatdorchilik bildiraman, biz ham akalarimiz izidan borib Sizlarni xursand qilishga harakat qilamiz", - dedi O'rinboev.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика