Messi "Barselona"dan ketmoqchi bo'lgan paytlarini esladi
04 dek 2019 10:20
Yangiliklar
Messi "Barselona"dan ketmoqchi bo'lgan paytlarini esladi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Kataloniya klubidan ketmoqchi bo'lgan paytlarni esladi.
"Bu futbol sababli emas, shaxsiy muammolar sabab bo'lgan edi. Men juda qiyin paytni boshdan kechirdim (gap taxminan Ispaniyadagi soliq muammolari haqida), ammo "Barselona"ning qo'llab-quvvatlashi sabab bunga erishdim.
Bu esa menga shu erda o'ynashni davom ettirishga imkon berdi. O'sha paytda men Ispaniyada o'zimni qulay his qilmayotgan edim, boshqa gap yo'q.
Takliflar... Men ularni har doim qabul qilaman. Har yili menga boshqa klubga o'tish uchun imkoniyati bor. Klublar men uchun eshiklarini ochishadi, ammo men nimani xohlashimni ham bilishadi. Agar vaziyatni o'zgartirmoqchi bo'lsam, ular borlar", - deydi Messi.

O’xshash yangiliklar
19:57
Flik Ramazon haqida: “Bilishim bo'yicha, faqat Yamal ro'za tutmoqda. Barcha uchun aniq rejamiz bor” 2
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Fikrlar