Messi "Barselona" bilan shartnomani 15 iyuldan keyin uzaytiradi

Tolibjon Qosimov
30 iyun 2017, 19:12
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.

Buni "sport.es" tasdiqladi. Xabar qilinishicha, argentinalik to'y tantanalarini nishonlab Kataloniyaga qaytgach, 15 iyuldan keyin yangi kelishuvga imzo qo'yadi.

Shartnoma 2021 yilgacha amalda bo'ladi va futbolchining badal puli 400 million evroni tashkil etadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es