So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  8 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  41 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

Messi Argentinaga halaqit qilmayapti-mi?! Yangiliklar

Messi Argentinaga halaqit qilmayapti-mi?!

Tajribasiz murabbiy, yangi to'purar, eski muammolar.

Messi to'qqiz oy termada bo'lmadi. Bu vaqt ichida jamoa ancha o'zgardi. Rossiyadagi mundialda "qiynalganlardan" faqatgina sakkiz futbolchi qoldi (Leoni hisoblamaganda) – Talyafiko, Di Mariya, Akunya, Otamendi, Armani, Dibala, Aguero va Lo CHelso. Messi deyarli yangi jamoa bilan Amerika Kubogini qo'lga kiritish niyatida ketmoqda.

Hech qachon "bosh" bo'lmagan murabbiy va yangi futbolchilar bilan tuzilgan 4-3-3 taktik sxemasi.

Avgust oyida Argentina termasi boshqaruvini Lionel Skaloni – bosh murabbiy sifatida butkul tajribasi yo'q, Sampaolining sobiq yordamchisi qo'lga oldi. To'rt yil avval yangi bosh murabbiy "Atalanta"da faoliyatini yakunlagandi: u deyarli butun faoliyatini Ispaniya va Italiyada o'tkazgan, lekin o'rtamiyona futbolchi nomidan uyoqqa o'ta olmagan. "Deportivo" safida barqaror o'yin namoyish qilgan, ikki yuzdan ziyod bahsda maydonga tushgan va Ispaniyada deyarli barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan. Ammo shunga qaramay, termada "ketmoni uchmagan": Skaloni kimsan Zanetti davrida qanot himoyachisi edi. Aynan shu sababli, bor yo'g'i 7 o'yinda maydonga tushgan.

O'tgan kuzda Maradona terma jamoa Skaloni qo'l ostida faqatgina motopoygalar bo'yicha Jahon CHempionatiga chiqishi va ijobiy natija qayd etishi mumkinligini aytib o'tgandi. Biroq sobiq yordamchi haqli ravishda Amerika Kubogiga chiqdi. Argentina yil davomida 9 o'yinning 6tasida g'alaba qozondi va bor yo'g'i 5ta gol qo'yib yubordi – lekin raqiblar ham nisbatan kuchsiz bo'lganini takidlash lozim.

Skaloni Amerika Kubogini 4-3-3 sxemasi bilan boshlaydi. Ushbu taktik sxemani murabbiy yaqinda bo'lib o'tgan Nikaragua va "Nyuells Old Boyz"ga qarshi o'yinlarda sinab ko'rdi. O'yin Paredes va Lo CHelso orqali qurilayotgandi, lekin Messining qaytishi vaziyatni butkul o'zgartirdi. Yarim himoyachilar hali ham asosiy tarkib futbolchilari bo'lib qolaverishadi, ammo endi ularning jamoadagi ahamiyati biroz o'zgaradi. Biroq oxirgi o'yinlarda tayanch zonasida 25 yoshli Gido Rodriges ham yomon o'ynamadi. "Amerika" klubi vakili Paredesning o'rnini to'liq yopa oldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Skaloniga esa boshqa bir yarim himoyachi Lo CHelsoning Messi bilan maydonda unchalik chiqisha olmayotgani yoqmayapti.

4-2-3-1 va 4-4-2 taktik sxemalari zaxira rejalari sifatida xizmat qiladi va bevosita o'yin davomida qo'llanilishi mumkin. Lekin qanot futbolchilari hujumda faol bo'ladigan o'yin uslubi Skaloniga mos tushadi: u himoyachilardan o'tkazib, o'z sheriklarining "yo'liga" to'pni tashlab beradigan, qanot yarim himoyachilari raqib himoyachilari bilan bir chiziqda harakat qiladigan, tezkor futbolni tadbiq qiladi. 

"Inter" yulduzi deyarli har o'yinda gol urdi, lekin Messi do'stini termaga qaytardi

Skaloni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangach, uning asosiy muammolaridan biri hujum chizig'i bo'lishini ko'pchilik kutmagandi. Jahon CHempionatidan keyin Argentina nafaqat Messisiz – faoliyatini yakunlagan Iguain, termaga chaqirilmagan Aguero va Di Mariyasiz harakat qildi. Joy bo'shaganda Ikardi va Dibala faoliyatidagi eng omadsiz mavsumlardan birini o'tkazishdi.

Yangi hujumning asosiy qaxramoni 21 yoshli Lautaro Martines bo'ldi. U 6 o'yinda 4ta gol urdi va Argentinaning so'nggi yillardagi istalgan markaziy hujumchilaridan yaxshiroq o'yin namoyish qildi. Bir yil oldin yigitcha "Rasing Avelyaneda" sharafini himoya qilgan va mavsum davomida 20ta gol urishga erishgan. Hozir esa "Inter"da o'zining kuchli tomonlarini ko'z-ko'z qilmoqda: birinchi mavsum unga ko'p ham vaqt berilmadi va futbolchi 9 gol bilan cheklandi. Lekin Ikardi jamoani tark etgach, voqealar rivoji shuni ko'rsatyaptiki, Konte jamoasida Ikardiga o'rin yo'q. Texnik tomonlama kuchli, tezkor, jarima maydoni ichida ham ishonch bilan harakatlana oladi hamda asosiysi har ikki oyoqda birdek kuchli zarba bera oladi. Ammo shuncha hislat ham kamlik qildi. Milan klubi vakili Amerika Kubogiga zaxira futbolchisi sifatida yo'l olmoqda.

"Meni anchadan buyon termaga chaqirishmagandi. SHu sababli terma jamoa bilan Kopa Amerikaga bormasam kerak deb o'ylagandim, – dedi o'tgan hafta Aguero. – Lekin aprel oyida  Messi menga qo'ng'iroq qildi va albatta bo'lajak musobaqaga borishimni aytdi".

Katta ehtimol bilan shunga o'xshash holat Di Mariya bilan ham sodir bo'lgan. U ham JCHdan so'ng termaga chaqirilmayotgandi, ammo Leo qaytgach u ham keldi. SHunday ekan hujum chizig'i o'sha-o'sha bo'ladi: Dibala zaxirada, Ikardi – uyida, Messi esa – do'stlari bilan taxtda!

Messi sovrin uchun qaytdi, lekin bu qiyin bo'ladi

Odatda, biz har safar shu Jahon CHempionatiga chiqamiz deb umid bilan kutgandek, Argentinada ham "annaga" aylangan holat mavjud. Yirik musobaqadagi omadsizlik, murabbiy ishdan olinishi, o'rniga boshqasining tayinlanishi va keyingi musobaqagacha ehtiyotkor umidlar... Keyin ushbu davr yana takrorlanadi. Uch yil oldin Messi unga biroz qo'shimcha qildi – shaxsiy ketishlar. Leo katta omadsizlikdan so'ng, ikkinchi bor termani tashlab ketishga qaror qildi.

Amerika Kubogi-2016dan — omadsiz finaldan so'ng — Messi ehtiroslarga berilib xalqaro maydondagi faoliyatini yakunlashi haqida elon qilgan Ammo ko'p o'tmay, qarorini o'zgartirdi va tanqidlar ostida qoldi. Keyingi safar Leo uzoqni o'ylab ish tutdi va terma jamoadagi "tanaffus" muddatini aytmadi: "Meni ko'p tanqid qilishdi. Olti yoshli o'g'lim: "Dada, nega Argentinada sizning ustingizdan kulishmoqda?", - deb so'radi. "Bu bazi odamlarninggina fikri ekanligini aytdim. Qaytishni xohlagandim va terma bilan sovrin yutmoqchiman".

Leo nega qaytayotganini yashirib o'tirmadi. Hozirgi vaziyatda u boshqacha yo'l tuta olmasdi ham. Mamlakatning eng yaxshi futbolchisiga terma safida qo'lga kiritilgan sovrinlar kerak – biroz balandparvoz gapdek tuyulsada, yurt bayrog'i, unga umid ko'zi bilan boqib turgan insonlar va qaysidir manoda o'zi uchun ham. Axir Leo Evropada qanday sovrinlarni bir necha bor qo'lga kiritmasin, muxlislar xotirasida – Maradona terma bilan iloji yo'q ishni amalga oshirgan, Messi esa hech nima yuta olmagan bo'lib qolaveradi. Lekin asosiy muammo shundaki, Argentina katta g'alabalarga chinakamiga yaqinlashganicha yo'q. O'sha eski muammolar hamon o'z echimini topmadi. Jamoa haddan ziyod Messiga bog'lanib qolgan – katta ehtimol bilan hozir avvalgidanda ko'proq undan umid qilmoqda.

"Jamoaga qaysi uslub ko'proq mos tushishi, Messi qay yo'nalishda o'zini ko'rsata olishini bilmaymiz. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi, lekin termada undan qanday foydalanishni bilmayapmiz", – dedi bahorda Nikolas Talyafiko.

Avvalgi murabbiylar Leo atrofida jamoa qurishni uddalay olishmagandi. Skalonining vaziyati undanda og'ir: u jamoaga kelib, yangi tarkibni shakllantirayotganda Messi yo'q edi. Oldingi murabbiylar uzoq yil davomida qiynagan savolga javob topishi uchun bir nechta taymlar bor edi. Bu safar esa murabbiy bir yil davomida shakllantirgan jamoasi emas, umuman boshqa Argentina bilan Amerika Kubogiga yo'l olmoqda.

Tajribasiz murabbiyga jamoa o'yinini butkul o'zgartirib, Messi atrofida shakllantirish uchun ikki-uch o'yin kamlik qiladi. Leoning o'zi esa boshqa futbolchilar va jamoaga moslashishni istamasligi aniq. U jamoa o'ziga moslashishiga o'rganib qolgan. Messi uning darajasidagi har bir futbolchi kabi butun o'yin u orqali tashkil etilishi va asosiy figura o'zi bo'lishni istaydi. Katta ehtimol bilan jamoa o'yinini sindirib qo'yishi ham mumkin. Natijada, barchasi yana avvalgidek yakun topadi: agar Messi jamoaga g'alaba keltirmasa, boshqa hech qaysi futbolchi termani qutqara olmaydi. Qolganlar asosan to'pni Leoga oshirib turishadi – axir ularni shuning uchun ham chaqirishgan-ku...

O'tgan hafta Argentina 1993 yildan buyon ilk Kubogini qo'lga kiritdi. Kim biladi deysiz, balki shu kungacha chinakam musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritish uchun ularga ana shunday "o'yinchoq Kubok" etishmagandir. Hozir jamoa u qadar notanish, ancha o'zgargandek tuyulmayapti: ko'plab yangi futbolchilar bor, lekin muammo hamon o'sha-o'sha.

Siz nima deb o'ylaysiz, Argentina Kopa Amerikada qaergacha etib bora oladi?!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика