Messi 4 yildan so'ng bunga erishdi
22 may 2017 07:01
Yangiliklar
Messi 4 yildan so'ng bunga erishdi
Barselona hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati to'purariga aylandi.
Argentinalik futbolchi bu mavsum 34ta o'yinda 37ta gol urdi. Ikkinchi o'rini 29ta gol bilan Luis Suares (Barselona) egalladi, Real vakili Krishtianu Ronaldu uchinchi bo'ldi (25ta gol).
Messi 2012/13 yilgi mavsumdan buyon ilk bor to'purarga aylandi.
2013/14 va 2014/15 yilgi mavsumlarda Messi Krishtianu Ronaldudan keyingi o'rinni egallagandi, o'tgan mavsumda esa Luis Suares eng yaxshi to'purar bo'lgandi.
Fikrlar