Menotti: "Sabelyadan so'ng Argentina terma jamoasini Gvardiola boshqarishi kerak edi"
04 dek 2014 13:43
Yangiliklar


Menotti: "Sabelyadan so'ng Argentina terma jamoasini Gvardiola boshqarishi kerak edi"
Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Sesar Luis Menotti "Bavariya" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga yuqori baho berdi.
"Argentina terma jamoasini Alexandro Sabelya tark etganidan so'ng uni Gvardiola boshqarishi kerak edi. Men unga 3 nafar argentinalik yosh mutaxassislarni yordamchilikka taklif qilgan bo'lardim, chunki ular ham kelajakda Gvardioladek buyuk murabbiyd bo'lishlarini xohlardim. Gvardiolaning Argentina terma jamoasi bosh murabbiy lavozimida paydo bo'lishi haqiqiy to'fon bo'lar edi. Bundan so'ng xatto italiyaliklar ham to'p bilan egalik qilishni xohlab qolardi" - deydi Menotti.
Eslatib o'tamiz, Menotti 1978 yilda Argentina terma jamoasini jahon chempioniga aylantirgan.

Fikrlar