So’nggi yangiliklar

13:33Иско жиддий жароҳат олди  0 13:05Япония терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурар вафот этди  0 12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  2 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  0 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  3 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  6 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  5 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  3 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  3 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  30 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0

Mening uyim - sening uying. Yoxud surxoncha mehmonnavozlik qachon tugaydi? Yangiliklar

Mening uyim - sening uying. Yoxud surxoncha mehmonnavozlik qachon tugaydi?

Bugun O'zbekiston chempionatining 22-turi doirasida 2 ta o'yin o'tkaziladi.

Biz etiboringizni qaratmoqchi bo'lgan o'yin 15:00 da start oladi: "Surxon" – "Andijon". Bu o'yinga turlicha tarif berish mumkin. Masalan, "autsayderlar to'qnashuvi". Haqiqatan, turnir jadvaliga etibor qaratsangiz, har ikki jamoaning ahvoliga havas qilib bo'lmaydi.

2 yil muqaddam sport principlariga zid ravishda Superligada paydo bo'lib qolgan "Surxon" joriy mavsumning ortda qolgan 21 turidan 10 tasini mezbon sifatida o'tkazgan. Uy uchrashuvlarida "qoyilmaqom" natija qayd etilyapti. 10 ta o'yinda yig'ilishi mumkin bo'lgan maksimal miqdor (30 ochko)dan 4 ochko qo'lga kiritilgan (13.3%). To'plar nisbati — -12 (urilgan gollar har o'yinda o'rtacha 0,7 taga, o'tkazib yuborilganlari 1,9 taga to'g'ri keladi). Mazkur klub chempionatdagi uy uchrashuvlarida g'alaba qozonolmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Bu borada undan yuqoriroqda turgan "Buxoro" va "Andijon"da ham naq 1 tadan (!) g'alaba bor. Xullas, "Surxon" Termizda mehmonnavozlikni ortig'i bilan o'rniga qo'yadigan jamoa.

Termizliklarning bu kabi muvaffaqiyatsizliklarini turlicha izohlash mumkin. Buni kim tarkibga, kimdir murabbiyga taqaydi. Etibor qaratish lozim bo'lgan yana bir muhim jihat bor. "Surxon" futbolchilari Toshkentda yashab, mashg'ulot o'tkazishadi va uy o'yinlari oldidan Termizga yo'l olishadi (deyarli 684 km). Malumot uchun, Termizga poytaxtga nisbatan Qarshi (274 km), Buxoro (437 km), Jizzax (482 km), "Navoiy" (490 km) nisbatan yaqin. Samolyot yordamida borilsa, muammo bo'lmasligi mumkin. Lekin, reys bo'lmay qolgan taqdirda poezd yoki avtobusga chiqishga majbur bo'ladi. Xullas, jamoa o'z maydonida mezbon emas.

"Surxon"ning bugungi raqibi "Andijon" esa joriy mavsum safar o'yinlarida g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan 2 jamoadan biri hisoblanadi (bittasi "Buxoro"). Mazkur klub ortda qolgan 21 turning 10 tasini mehmonda o'tkazgan. Natija — "qoyilmaqom". 10 ta o'yinda yig'ilishi mumkin bo'lgan maksimal miqdor (30 ochko)dan 6 ochko qo'lga kiritilgan (20%). To'plar nisbati — -7 (urilgan gollar har o'yinda o'rtacha 1 taga, o'tkazib yuborilganlari 1,7 taga to'g'ri keladi). Qiziq holat, uyda yutolmayotgan "Surxon" safarda yutolmayotgan "Andijon"ga qarshi. Bugun kimningdir omadsiz seriyasi yakunlanadi, agar durang xalal bermasa.

Ravshan Haydarov shogirdlari bugun joriy mavsum hisobidan Surxondaryodagi so'nggi o'yinida maydonga tushadi. Yana bir narsani qo'shimcha qilamiz, Termiz klubi Superliga bahslarida barchadan ko'p mag'lubiyatga uchragan (14) bo'lsa, bugungi raqib eng ko'p durang o'ynagan (10). Bugun "Surxon" o'zi amal qilayotgan "Mening uyim — sening uying" tamoyilidan voz kechib, 3 ochko olishi uchun eng qulay kun. O'z navbatida, "Andijon" ham safardagi 1-g'alabani qo'lga kiritish uchun bundan qulayroq raqibni topolmaydi. Baxtiyor Hamidullaev vaziyatdan foydalanib qolishi mumkin. "Ertak" kim uchun yaxshilik bilan yakunlanishini esa yaqin soatlar ichida bilib olamiz.

FAKT: "Andijon" so'nggi bor O'zbekiston chempionati doirasidagi safar o'yinida 2019 yilning 20 sentyabr kuni zafar quchgan ("Dinamo" 0:1 "Andijon").
"Surxon" so'nggi bor o'z maydonida 2019 yilning 24 noyabrida 3 ochkoni qo'lga kiritgan ("Surxon" 1:0 "So'g'diyona").

Darvoqe, bugun A Seriyada ham shunga o'xshash o'yin bor. Mehmonda g'alaba qozonolmayotgan "Yuventus" uyda yutolmayotgan "Speciya" mehmoni bo'ladi. Yoqimli hordiq tilaymiz!

Muallif :
Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика